Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
«Ey, Abu Hurayra! Dunyoda sog‘liging joyida ekan, bilimingni orttirib, din va dunyoviy hayotingni 
bilimga ko‘ra davom ettirki, o‘lganingdan so‘ng ham foydasini ko‘rasan». 
Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deydilar: «Beshikdan to qabrgacha ilm izlang!» 
Dunyoda qo‘lga kiritgan boyliging dunyoda qoladi. Boshqalarga qoldirasan. Lekin mahsharda 
hisobini sen berasan. 
Imom Ahmad ibn Hanbal hazratlarining huzuriga kelib bir kishi nasihat so‘radi. U zot dedilar: 
«Ey, mendan o‘git so‘rovchi inson! Yaratilganlarning rizqini yaratib beruvchi, har neni yaratuvchi 
Allohdir. Alloh yaratganlarining rizqiga kafil. U holda rizq qayg‘usi ne uchun? 
Har kimning rizqi taqsimlanib yetkaziladi. Bir rizq uchun barcha vaqtni sarf etishga hojat bormi? 
Bir sadaqaga o‘n savob berilar ekan, xasislik qilish aqlning ishimi?! 
Jahannam haqdir. Bandaga gunoh qilish yarashurmi?! Har ne Allohning taqdir etishiga ko‘ra 
bo‘ladi. U holda boylarga boqib, faqirlikdan xafa bo‘lish o‘rinlimi?! 
Ey, mendan nasihat istagan kishi! Tinglaganlaringizdan o‘git olmoq istaganga shu qadari ham 
kifoya. Amal qilmaganga ming nasihat qil, befoyda. Diqqat qilinsa, barcha nasihat shu aytilganlarning 
ichidadir». 
Ey, farzand!
Kambag‘allik uchun xafa bo‘lishning hech hojati yo‘q. Sabr — shodlikka yetkazuvchi doridir. Bu 
haqda Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Alloh taolo bir qulining rizqini toraytiradi, qul bu holdan shikoyat qilmay sabr etsa, qulining bu 
holi tufayli Alloh farishtalariga iftixor etib, shunday deydi: 
«Ey, farishtalarim falon qulimga jannatda yegan har luqmasi muqobilida bir ko’shk va bir daraja 
ehson etajagimga sizlar guvoh bo‘ling. Dunyoda bergan oz ne’matimga isyon etmasdan, shukr qilgani 
uchun bu qulimni shu darajaga loyiq ko‘rdim». 
Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Ehtiyoj ichida bo‘lgani holda muhtojligini tashqariga bildirmagan kishiga Alloh bir yillik ibodat 
savobini beradi va kutmagan joydan unga rizq va imkon eshiklarini ochadi». 
Ey, farzand!
Chap qo‘l bilan ovqatlanma. Bu zo‘ravon va zolimlarning, mustabidlarning ishi ekani bildirilgan. 
Xalqqa ochiq chehrali bo‘l. Badqovoq bo‘lma, xo‘mrayma. Xasislik qalb qattiqlashishiga sabab bo‘ladi. 
Qalb yumshashi uchun jo‘mard, tanti, ya’ni saxiy bo‘lish kerak. Odamlar muhabbatini qozonish uchun 
ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish lozim. Odamlarning mehr-muhabbatini qozonish esa ham dunyo
ham oxirat uchun zarur. Hurmatga loyiq, sevilgan insonning orqasidan yaxshi duolar qilishadi. 
Mo‘min har kun birodariga duch kelganda salom berishi kerak. Rasululloh (s.a.v.) hatto go‘dakka 
duch kelsalar, salom bermasdan o‘tmasdilar. Bir kishi mo‘min birodariga «Assalomu alaykum» desa, 
unga o‘n savob yoziladi. Biroz kengaytirib, «Assalomu alaykum va rahmatulloh» desa, yigirma savob 
yoziladi. Agar «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh» desa, o‘ttiz savob yoziladi. 
Ey, farzand!
Hech bir ishda shoshilib, talosh-tashvishga tushmaslik kerak. Chunki shoshilish shaytonning ishi. 
Besh narsada shoshilish kerak: 
1. Uyga mehmon kelganda dasturxon yozib, taom berishga; 
2. Ojizlik bilan bir gunoh qilganda, ortidan darhol tavba va istig‘for aytib, pushaymon bo‘lishda; 
3. Vaqt kirishi bilan farz namozlarini o‘qish uchun; 
4. Balog‘atga yetgan qiz va erkak bolalarini turmush qurishida, uylashirishda; 
5. Mayitni dafn etishda shoshilish o‘rinli. 
Ey, farzand!
Gunohning har qanday turidan saqlanish kerak. 
Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Sevimli sahobalarim! Qiyomatga qadar kelguchi ummatlarim! Qaysi gunoh sababli jahannamga 
hukm etilishingiz, qaysi savob bilan jannatini qozonishingizni bilmaganingiz uchun gunohning har 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin