Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
gunohlardandir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) g‘iybat zinodan yomonroq gunoh ekanini bildirganlar. Bir 
jamoatda g‘iybat qilishni ta’qiqlagan kishining ustidan Alloh yetmish falokatni oladi. 
Ey, farzand!
Noo‘rin, yolg‘on qasam ichmaslik kerak. Bunday qilganning nasli kesilishi, tugashi bildirilgan. 
Shirkdan keyin eng katta gunohlardan biri budir. Alloh saqlasin! - 
Ey, farzand!
Kishi o‘ziga valiylik (Alloh do‘stligiga erishganlik) bezagini bermasin. Kishi o‘zida yo‘q narsani 
«bor» deb o‘ziga tuhmat va bo‘hton qilishdan qo‘rqishi lozim. Bu mavzuda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
shunday marhamat etadilar: 
«Bir kishi o‘zini olim deb ko‘rsatib, soxtalik qilsa, jahannamdagi joyiga hozirlansin!» 
Kishi to‘g‘ri, go‘zal va foydali so‘zlar aytishi kerak. To‘g‘ri so‘z sohibini jannatga yetkazadi. 
Tilni yomon so‘zlarga o‘rgatmaslik, bunga imkon va fursat bermaslik zarur. Kufr ifoda etuvchi
boshqalarni ranjituvchi, hatto xush ko‘rilmaydigan, yoqimsiz so‘zlar imonli insonning tilidan joy 
olmasligi kerak. 
Shayx Kirmoniy hazratlari deydilarki: 
«Yolg‘on aytmagan, omonatga xiyonat qilmagan, bo‘hton, tuhmat va g‘iybat etmagan kishi 
kelajagidan qo‘rqmasin. Shu uch gunohni qilmagan kishi vaqti kelib, boshqa gunohlarni ham tark 
etadi». 
Ey, farzand!
Odamlardan ayb izlab, oshkor qilish va ularning aybini yuziga solishdan saqlan. Bu haqda 
Payg‘ambarimiz (s.a.v ) shunday deydilar: 
«Me’roj kechasi menga jahannamda bir guruh ko‘rsatildi. 
Ularning quyma misdan tirnoqlari bo‘lib, to‘xtovsiz o‘zlarining yuzlarini tirmalardilar. Bularning 
kimligini va nechun bunday dahshatli iskanjaga mahkum etilganini Jabroil alayhissalomdan so‘radim. 
U zot marhamat etdilar: 
«Bular odamlarning ayblarini axtarib, duch kelgan joyda gapirib, oshkor qilganlardir». 
Hazrati Muso (a.s) Alloh taolodan so‘radilar: 
«Allohim! Boshqalarning ayblarini axtarib, yoyganlar uchun ne jazo bergaysan?» 
Alloh marhamat etdi: 
«Ey, Muso! Tavbasiz o‘lsalar, jahannamga birinchi kiruvchilar o‘shalar bo‘lajakdir!» 
Bu asar matnini yozuvchi buyuk olim Imom G’azzoliy hazratlari shunday deydilar: 
«Uch ulkan gunoh borki, bulardan muhaqqaq saqlanmoq kerak:
1.
Baxillik 
2.
Hasad. 
3.
Riyo. 
Xasislik: o‘zidan bilim yo hunar o‘rgangani kelganga o‘rgatishni qizg‘angan olim yo hunarmand 
(san’atkor) ning qilig‘i. Ya’ni o‘zida bo‘lgan foydali narsani boshqadan qizg‘anish kasallik. 
Payg‘ambarimiz (s.a v.) shunday deydilar: «Baxil-qancha dindor bo‘lmasin jannatga kirmaydi». 
Hasad-bir kishidagi ilm, boylik, hunar kabi go‘zal narsalarning o‘sha kishida bo‘lishidan ichi kuyish, 
chidayolmaslik va undan ketishini istash, ko‘rolmaslik xastaligi, ma’naviy illat, ma’naviy kasallikning 
eng kattalaridan biri. 
Hasad haqida Payg‘ambarimizning (s.a.v.) hadislari bor: «Olov o‘tinni yoqib borgani kabi, hasad 
hasadchinnng savoblarini yeb tugatadi». 
Riyo-bir ibodatni, yaxshilikni, xayru sadaqani har qanday bir bandalik xizmatini boshqalar ko‘rib, 
taqdirlashi, «qarang, qanday yaxshi odam ekan» deyishlari uchun qilmoqdir. Bunday ishda shirk 
yashirin ekanligi bildirilgandir. 
Riyo kechirilishi uchun jiddiy, ko‘p istig‘for va haqiqiy tavba qilish lozim. Bunday holga 
tushmoqdan ya’ni riyo qilmoqdan barchamizni Allohning O’zi asrasin! 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin