Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Bozor tizimida savdo uylari va ularning moddiy texnika bazasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

6.4 Bozor tizimida savdo uylari va ularning moddiy texnika bazasi 
Savdo uylarini jaxon bozor sistema tizimida paydo bo’lishi 19-asrning 
2-chi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davr axborot uzatishning yangi vositalariga 
asoslangan sanoat, fan va texnikani gurkirab taraqqiy etishi, savdo 
aloqalarini keng quloch yoyishi bilan izohlanadi. 
Bu sharoitda tovar sotish va uni yetkazib berishni uzi kamlik qilardi. 
Xaridorlarni jalb qilish, savdoni yangi usuli va shakllarini topish zarur edi. 
Tovar sotish, yukni tashib berish, uni sug’urta qilish, yuk kemalariga 
yetkazib berish, transport dispetcherlik xizmati, axborot xizmati, tovarlarni 
jamlab sotish kabi xizmat turlari bilan to’ldirildi.
Yuqorida zikr etilgan xizmatlarni rivojlanishi tovar ishlab chiqaruvchilar 
bilan birgalikda ishlash zaruriyatini tug’dirdi. Bu aytib o’tilgan xizmatlarni 
kengaytirishgina emas, balki xaridorning shaxsiy ehtiyoj, xohishini 
kondirishga qaratilgan mahsulot texnik xarakteriga ma`lum o’zgartirishlar 
kiritish orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Savdo xodimlari shu yo’l 
bilan ishlab chiqarish tarkibiga ta`sir eta boshladilar. Ta`sir samarador bo’lishi 
uchun savdogarlar o’z pullarini ishlab chiqarishga sarflay boshladilar. 
Shu tariqa savdo uylari savdo vositachi tarkib sifatida paydo bo’lib, 
ishlay boshladilar. 1917-yilgacha Rossiyada bir necha savdo uylari faoliyat 
ko’rsatar edilar. Ularning asoschilari ko’pchilikka tanish savdogar va 
tadbirkor kishilar edilar Rossiya savdo uylarining ayniksa, to’qimachilik va 
oziq-ovqat va boshqa iste`mol mollari bozoridagi faoliyatlari e`tiborga molik 
edi. 
Savdo uyi yirik savdo tashkiloti bo’lib, uning muhim xususiyatari, tovar 
ishlab chiqarish sohasiga faol kirib borish, ishlab chiqarish kooperasiyalarini 
tashkil etish va moliyaviy kredit operasiyalarda qatnashishidir. 
Dunyodagi savdo uylarining asosiy maqsadlari quyidagilar: 
- vositachilik operasiyalarini ijobiy takomillashtirish va kengaytirish 
asosida tashqi iqtisodiy aloqalarni faollashtirish; 


127
- jaxon tovar bozorlaridagi konyunktura o’zganrishlariga tezlik bilan javob 
chora ishlab chiqish; 
- raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va sotuvni tashkil qilish; 
- kichik va o’rta firmalarini birlashtirib, ulardagi mollarni sotuvini 
moliyalashtirish; 
- reklama va marketing xizmatlari, izlanishlari xarajatlari va
muomala xarajatlarini kamaytirish; 
- mijozlarga keng ko’lamda qo`shimcha xizmat ko’rsatish bilan oldi-sotdi 
jarayonini boyitish; 
- ishlab chiqarish tarkibiga ta`sir ko’rsatish, jumladan, bu ishning
savdo sarmoyasini ishlab chiqarishga investisiya qilish orqali amalga oshirish. 
Savdo uylari iqtisodiyot taraqqiyotining o’tish davrida bir tarafdan 
egalariga eng ko’p savdo foydasini keltirib boshqa tarafdan bozorni xilma-
xil tovarlar bilan boyitib, o’z mamlakatlarini eksport pozisiyalarini 
mustahkamlab, ayniqsa samarali faoliyat ko’rsatadilar. 
Savdo uylarini rivojlanish tarixini ko’zdan kechirib, birinchi galda 
qonunchilikka e`tiborni qaratish mumkin. Bir qator Braziliya, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Hindiston, Fransiya va boshqa davlatlarda savdo 
uylarinig mamlakat eksport siyosatini va iqtisoddagi katta ahamiyatini 
hisobga olib maxsus qonunchilik aktlari va me`yoriy hujjatlar qabul qilingan. 
Ularda savdo uylari faoliyati davlat tomonidan muvofiqlashtirilib, savdo 
uylariga nisbatan ma`lum ustunlik va imtiyozlar ko’zda tutilgan. Rossiya 
qonunchiligida "Savdo uyi" degan tushuncha yo’q. Shu bilan birga amaldagi 
qonunlarda savdo uylari faoliyatini tashkil etish va tartibga solish nuqtai 
nazaridan xech qanday to’sqinliklar yo’q. 
Sobik ittifoq qonunchiligida savdo uylari birinchi bor, ittifoq Ministrlar 
Sovetning 1988-yil 2-dekabrdagi 1405-raqamli "Davlat korxona va 
muassasa tashkilotlari tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish 
haqida"gi qarorida tilga olingan edi. Ministrlar Sovetning 1990-yil 20-
iyuldagi 712-raqamli ittifoq hududida xorijiy valyutaga chakana savdo 
xizmatini yanada takomillashtirish qarori chiqishi bilan savdo uylari tuzish 
uchun ancha jiddiy huquqiy asos paydo bo’ldi. 
Amaldagi qonunlari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiluvchi savdo 
uylar ishlashlari uchun imkoniyat beradi: tashkiliy huquqiy maqomi; faoliyat 
tasnifi, ya`ni makqadi; harakat ko’lami; aloqalar shakli; savdo operasiyalari 
tasnifi bilan. 
Tashkiliy huquqiy maqomi bo’yicha yopiq turdagi aksiyadorlar 
jamiyatiga tenglashtirilgan ma`suliyati cheklangan o’rtoqchilikka va ochiq 
yoki yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyatlar qatoridagi savdo uylarini kiritish 
mumkin, ularga: 
- o’z hisobidan o’z hisobiga savdo qiluvchi yirik savdo firmalari; 
- ahyon-ahyonda savdo operasiyalari bilan birga o’z hisobi uchun 
ishlovchi an`anaviy vositachi yirik brokerlik firmalari. Ular broker 
firmalarining alohida xili bo’lib, birjaviy va birjadan tashqaridagi mollar bilan 
ulgurji, mayda ulgurji va chakani savdo operasiyalarini olib boradilar. 
- kuchli birjalarni xosila tashkilotlari - brokerlik idoralar ishtirokida 
mustaqil savdo faoliyati va davlat ro’yxatidagi tovarlar (birjada predmeti 
sifatida ma`lum tovar guruhlari savdosi taqiqlanishi tabiiy holdir) yuzasidan 
savdolashuvni xashkil etishlari mumkin. Bunday xil savdo uylari birja 


128
ro’yxatiga kirmagan tovarlar birjasiga aylanib qolishi mumkin. Bunaqa savdo 
uylari Rossiya tovar xom-ashyo birjasida mijozlar aloqalarini buzmay, 
brokerlar manfaatlariga sherikchilik qilmasdan, birja ro’yxatiga kiritilmagan 
tovarlarni birjani o’zidan olib chiqish uchun tashkil etilgan edilar. Masalan 
Brokerlik savdo uyi, Rossiya birja savdosi uyi; 
Savdo uyi nomi bilan nomlangan birjalar: Kamskiy savdo uyi 
"Universal birjasi". 
Ilgarigi davlat tashqi iqtisodiy tarkibi negizida tuzilgan tashqi iqtisodiy 
firmalar, ko’pincha qo’shma korxona shaklida bular edi, bevosita birja 
faoliyatiga ularning odatda aloqalari yo’q. 
Savdo uylarini faoliyatlari xarakteri bo’yicha, ya`ni maqsadlari bo’yicha 
ikkita toifaga bo’lish mumkin: 
1. Tor doirada ixtisoslashgan savdo uylari - ular odatda, tor, qisqa 
ro’yxatli, kam sonli, bir xil tovarlar bilan savdo qiladilar, ularning ta`sischilari 
birinchi galda o’zaro jaxon bozoridagi o’z raqobatdoshini bartaraf qilish, 
kuch-e`tiborni bir joyga to’plab tashqi savdo siyosatini olib borishga 
intiladilar. Tor doirada ixtisoslashtirilgan savdo uyini ta`sischisi bor yo’g’i 
bitta yirik tovar ishlab chiqaruvchi bo’lishi mumkin, u shu yo’l bilan uzining 
mol sotish siyosatini faollashtirishiga umid boglaydi. 
Ixtisoslashgan savdo uylari jaxon bozoridagi kattik rakobat, ichki 
bozordagi talab to’lovlarini cheklanganligi va narxlar erkinligi sharoitida 
texnik murakkab mahsulotlarni sotish qiyinchiliklariga javob harakati 
maxsulidir. 
Bir xil turdagi mollarni turli xil o’zgartirishlar va takomillashtirish va 
yangi dizayn bilan sotishni kengaytirishga yo’naltirilgan uylar - 
diversifikasiya faoliyatli savdo uylari. 
2. Universal savdo uylari - keng doiradagi tovarlar sotishga xizmat 
turlarini mumkin qadar oshirishga mo`ljallangan bo’ladilar, ular ko’proq ichki 
bozorda faoliyat ko’rsatib, boshqa savdo-vositachi tashkilotlar bilan 
raqobatlashadilar. 
Hozirgi vaqtda universal savdo firmalari o’z faoliyatida tashqi savdo 
bilan cheklanib qolmay, biznesning turli sohalariga kirib bormoqdalar, 
jumladan ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, qo’shma 
korxonalar tuzish, qarz berish (kredit) sohasi va boshqalarda faoliyat 
kursatmoqdalar. Bugun ular quyidagi funksiyalarni bajaryaptilar: savdo 
bitimlarini tuzish, tovarlarni saqlash, egasiga yetkazish, moliyaviy 
operasiyalar, investisiyalar, qo’shma korxonalar barpo etish, yuk tashish, 
marketing, bozorni tadqiq etish, axborot sohasidagi faoliyati, maslaxat-
konsalting, texnik yordam ko’rsatish va boshqalar. 
Faoliyat yo’nalishlari bo’yicha universal savdo uylarini uchga bo’lish 
mumkin: 
1. Savdo operasiyalari (tovar sotish va yetkazib berish, jumladan o’z 
omborlaridan to’g’ridan-to’g’ri tez yuk tashish, tovarlarni jamlab tashish, 
sotilayotgan tovarlar, jihozlar va texnikadan foydalanish bo’yicha texnik va 
maslaxat yordami, ularni o’rnatish, montaj va sinab naladka qilib ko’rish, 
savdo ko’rgazmalarini tashkil etish va h.k.). 
2. Moliyaviy operasiyalar (tijorat, kredit, qarzlar berish, innovasiya 
qilish, lizing, qo’shma korxonalar tuzish kafolatlari berish va h.k.). 


129
3. Axborot xizmati (bozorni tadqiq etish, axborot yig’ish, tahlil etish va 
berish). 
Universal savdo uylari o’zlari musaqil mahsulot ishlab chiqarmaydilar, 
ular faqat tovar sotadilar. Universal savdo uylari moliya tashkiloti 
funksiyasini bajaradi, lekin bu bank emas, axborot bilan ishlasada, lekin 
axborot agentligi emas, ya`ni uni savdo faoliyatini moliyaviy axborot 
sohasidagi faoliyatlar bilan to’ldiradilar. 
Harakat ko’lami bo’yicha savdo uylari mintaqaviy, mahalliy, federal, 
umummanfaatli va munisipal, ya`ni biror boshqarish tashkiloti yoki hudud 
tasarrufida. Savdo shakli bo’yicha savdo uylari ulgurji, mayda ulgurji va 
chakana komission muqobil konsignasiyaga savdo qiluvchi va boshqalarga 
bo`linadi.
Aloqa shakllari bo’yicha savdo uyini boshqa xujalik sub`yektlari bilan 
agentlik bitimi, hamkorlik bitimi hamda oldi-sotdi kontraktlari, 
konsignasiya bitimlari, ya`ni kontraktdagi bir taraf boshqa tarafga o’z 
nomidan xorijdagi ombori konsignat tovarlari hisobidan tovar sotadi va 
aloqani boshqa shakllari bilan shug’ullanadilar. 
Savdo uylari o’z faoliyatini biron bir tovar guruhi bilan cheklamay, bir 
vaqtning o’zida xo’jalik aloqalarini turli shakllaridan foydalanib, o’zaro 
hisob-kitob va samaradorlik bilan bog’liq butun kompleks bitimlar bilan 
savdo qiladilar. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin