Ishlab chiqarishning strategik boshqaruvi.
Ishlab chiqarishning
strategik boshqarishni shakllarini ifodalashdan oldin boshqaruvning iqtisodiy
strategiyasini, ishlab chiqarishni strategik va qisqa vaqt boshqaruvidan
farqlovchi xususiyatlarini belgilash lozim.
Uchinchi xususiyati.
Iqtisodiy strategiyani tayyorlashda qayta olinadigan
aloqalar ahamiyatining kuchayishi ifodalanadi. Buning natijasida iqtisodiy
strategiyani ishlab chiqish o’zida firmaning raqobatbardoshligiga ta`sir
etuvchi omillar axborotni aniqlash choralari bo’yicha dastlabki maqsadlarni
doimiy tuzuvchi, yo’naltiruvchi siklik (aylana) jarayonini aks etadi.
Firmaning o’ziga xos xususiyatlariga tashqi va ichki holatlarning
spesifikasiyasiga (tavsilotiga) qarab, ishlab chiqarishni boshqarish strategiyasi
quyidagi uch shakllarda mavjud bo’lishi mumkin: ekstropolyasiya
tendensiyasi asosida boshqarish, o’zgarishlarni oldindan ko’rish asosida
boshqarish
(kutilmagan strategiya holatlar sharoitida, ichki va tashqi muhitning teskari
aloqasi signallari bo’yicha, tartibdagi strategik topshiriqlarni amalga
oshirishda qabul qilinadigan tezkor mustahkam, bukuluvchan qarorlarni
qabul qilish asosida boshqarish.
O’zgarishlarni oldindan ko’rish asosida boshqarish - to’la strategik
ma’nodagi so’z - bu mavjud tendensiya va sharoitlardan kelib chiqqan
holda emas, balki kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan sharoitga yondashib
boshqarish. Shuning uchun uning asosiy muammosi bo’lib o’zgarishlarni
oldindan ko’rib, va buning asosida firmaning uzoq muddatga barqarorligini
ta`minlash.
27
2-bob. Ishlab chiqarish jarayoni tuzilmalari
2.1 Ishlab chiqarish tuzilmasi va manfaatlar uyg’unligi
Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasi, ya`ni infratuzilmasi
muassasalari kichik biznes sub`yektlarining tovar va xizmatlar bozori, pul
bozori, mehnat resurslari bozori, kapital bozori, shuningdek bank tizimi,
nobank moliyaviy institutlar tizimi, ulgurji vositachilik tuzilmalari, konsalting
va auditorlik xizmatlari bozori, mehnat birjalari va boshqa bir qancha
muassasalar bilan bo’ladigan o’zaro aloqalarini ta`minlaydi.
2.1-rasm. Jamiyat infratuzilmasi tizimi.
Infratuzilma – xizmat ko’rsatish sohalari majmuasi bo’lib, tarkiban
ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini o’z ichiga oladi. Buni
chizmada (2.1-rasm) buni ko’rishimiz mumkin. Hozir bozor infratuzilmasini
yanada rivojlantirish zarurati bor, chunki busiz bozor iqtisodiyoti ishlab keta
olmaydi. Bozor infratuzilmasini bozorning barcha turlariga, chunonchi, tovar
bozori, moliya bozori va mehnat bozoriga xizmat ko’rsatadi.
Bozor infratuzilmasini birdaniga yaratib bo’lmaydi. U ancha uzoq
davom etadigan murakkab jarayon bo’lib, yuksak mahoratga ega, malakali
kadrlar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub`yektlar ham, aholi ham xo’jalik
faoliyatining yangi sharoitlariga ega ruhan moslashishini talab qiladi.
So’ngi so’z o’rnida shuni qayd etish joizki, iqtisodiy infratuzilma kichik
biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada
infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo’lsa bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik
biznes sub`yektlari ko’proq paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish
o’rinlarini yaratish va shu orqali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal
etilishiga erishishni, aholining real daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari
paydo bo’lishini, soliqlar tushumining ko’payishini, maxalliy byudjet
Jamiyat
infratuzilmasi
Ishlab chiqarish
infratuzilmasi
Moliya bozori
infratuzilmasi
Bozor infratuzilmasi
Ijtimoiy infratuzilma
-elektr enyegiya
ta`minoti;
-transport va aloqa;
-yo’l qurilish;
-moddiy texnik
ta`minot;
-gaz va toza suv
ta`minoti va b.
-maorif va sog’likni
saqlash;
-san’at;
-madaniyat va sport
inshootlari;
-ijtimoiy ta`minot;
-maishiy xizmat;
-uy-joy qurilishi va b
Mehnat bozori
infratuzilmasi
Tovar-xom ashyo
bozori infratuzilmasi
28
daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda sog’lom raqobat muhitining
yaratilishini hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning
mustahkamligini ta`minlaydi.
Jamiyat tarqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiy manfaat
hisoblanadi. Manfaatlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarda bo’lishi
mumkin. Ular tizimida iqtisodiy manfaatlar birlamchi, belgilovchi va ustuvor
hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy manfaat o’z navbatida, ma`lum ijtimoiy
shakllarda – xususiy, jamoa, jamiyat (umumxalq) ko’rinishlarida namoyon
bo’ladi.
Xulosa qilib, ilmiy umumlashmani quyidagicha ifodalash mumkin
(2.2-rasm):
- jamoaviy va shaxsiy, umumxalq manfaatlarining uyg’unligi, ishlab
chiqarish barcha qatnashchilari faoliyatining mushtarakligiga erishish har bir
manfaatning boyishini anglatadi;
2.2-rasm.
Ishlab chiqarish jarayoni.
-tadbirkorlik munosabatlarining ko’p tomonlama ko’rinishida eng kam
tahlil qilingani ularning samaradorligini baholash va moddiy qo’llab-
quvvatlash munosabati bo’lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarishga ta`siri muammolarini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi;
-iqtisodiy manfaatlar bitta maqsadga – har bir huquqiy sub`yekt va
jismoniy shaxs tomonidan iqtisodiy manfaatlarga, jamoa va jamiyat, mulkdor
va davlat manfaatlarining uyg’unligiga erishishni ko’zda tutadi. Shuning
uchun uchta iqtisodiy manfaatlar birligi o’zaro aloqalar uyg’unligining
ta`minlanishi zarur, deb hisoblaymiz.
Umumxalq manfaatlari jamoa ishlab chiqarishining yagona maqsadiga
erishish uchun rivojlanadigan butun iqtisodiyot majmuining organik ravishda
birikuvi asosida vujudga keladi. Bozor iqtisodiyotining qaror topishi
Ishlab chiqarish
Davlat ishlab
chiqarishi
Jamoaviy ishlab
chiqarish
Xususiy ishlab
chiqarish
Ishlab chiqarish maqsadi
Davlat manfaatlari
Jamoaviy manfaatlar
Shaxsiy manfaatlar
Umumiy manfaatlar
Iqtisodiy manfaatlar
Ijtimoiy manfaatlar
29
sharoitida jamiyat a`zolari manfaatlarining mushtarakligi va ularning dialektik
o’zaro bog’likligi ishlab chiqarish vositalarining bevosita moddiy boyliklarni
ishlab chiqaruvchilarni o’zlarining mulki hisoblanishiga asoslanadi. Shuning
uchun bozor iqtisodiyotida barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarining ijro
etiluvchilari hisoblanadilar. Jamoaviy manfaat jamiyat barcha a`zolarining
muntazam ravishda o’sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
to’liqroq qondirish asosida foyda olishdan iborat bo’lgan bozor ishlab
chiqarishning maqsadida namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlik yangi
mohiyat kasb etadi. Lekin, shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlikka bog’liq bo’ladi,
ular o’zaro uyg’unlashadi.
Iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy
turmush darajasini oshirish yo’llarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosaga
kelish mumkin:
- mulkiy va intellektual salohiyatiga qarab daromad olish erkin
iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi va xodimlarning daromaddagi
ulushlari shunga ko’ra bir xil bo’lmaydi;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotning bosh islohotchisi
sifatida tadbirkorlik munosabatlariga nafaqat mehnatni me`yorlash va
tarifikasiyalash orqali, balki asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari: paxta xom-
ashyosiga va boshqalarga shartnoma asosida davlat buyurtmasini o’rganish
asosida daromadlarni shakllantirish orqali ham ta`sir ko’rsatadi;
- erkin iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi
qonuni amal qiladi va bu qonun tadbirkorlar harakati bilan ularning
daromadlari o’rtasida iqtisodiy bog’likliklarni ifoda etadi. Bu qonun harakati
tufayli tadbirkorlik ishlab chiqarishi takroriylik kasb etadi. Tadbirkorlik
faoliyatining samadorligi qonuni, birinchi navbatda, ishlab chiqarishdan
manfaatdorlik va daromadlarni taqsimlash qonuni bilan bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |