32
Aralash (buyumli-texnologik) struktura mashinasozlik, tikuvchilik,
mebelsozlikda keng tarqalgan.
Ichki bo’linmalarning admenistrativ xo’jalik xususiyatiga ko’ra ishlab
chiqarish strukturasi turli xilda bo’lishi mumkin. Sanoatda ishlab chiqarish
strukturasining sexli, sexsiz, kombinat va korpusli ko’rinishlari qo’llaniladi.
Bular ichida sexli struktura keng tarqalgan. Sexsiz struktura kichik
korxonalarda tashkil etilib, bunda sexlar o’rnida ustaxonalar, atelyelar yoki
ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi. Ushbu struktura boshqaruv
apparatini soddalashtirishga, boshqaruvchi bilan ishchining o’zaro
yaqinlashuviga olib keladi.
Kombinatli struktura yirik qayta ishlash korxonalarida qo’llaniladi.
Bunda ishlab chiqarish bo’limlari qat`iy texnologik jarayon asosida tashkil
etiladi. Korpusli strukturada asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari
bloklarga birlashtiriladi va har bir blok alohida binoga (korpusga)
joylashtiriladi. Bunda territoriyaga talab kamayadi, transport xarajatlari
qisqaradi.
Shunday qilib korxonalarda turli ko’rinishdagi ishlab chiqarish
strukturalari tashkil etiladi. Asosiy maqsad ishlab chiqarish xususiyatidan
kelib chiqqan holda samarali shaklni tanlash va shu orqali mavjud
resurslardan unumli foydalanishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: