34
Uchinchi guruhga
ishlab chiqarish jarayonida
bevosita
qatnashmaydigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chi-
qarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas,
yoki samarali amalga
oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.
Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o’tgan omillarning
hammasi qatnashadi, ular bir-birini to’ldiradi, bir-biriga ta`sir qiladi.
Ulardan biri bo’lmasa ishlab chiqarish bo’lmaydi, yoki samarasiz bo’ladi,
ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. Ikki, yoki bir nechta ishlab chiqarish
omillarining bir-biriga o’zaro ta`siri natijasida
vujudga kelgan mahsulot
(tovar yoki xizmat) hajmining o’zgarishi ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: