Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Ishlab chiqarish turlari
. Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning turlari va miqdorlariga qarab ishlab chiqarish yakka (donalab), 
seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo’linadi.
Yakka ishlab chiqarish – mehnat jarayonlarining tuzilishi, o’zining 
beqarorligi bilan korxonalarning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida 
bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo’lgandan so’ng ikkinchi 
mahsulot uchun o’zgaradi, yana yangi mehnat jarayoni boshlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish shaklida ma`lum vaqt 
oralig’ida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi.
Ommaviy ishlab chiqarish – mehnat jarayonining davomiyligi va uning 
murakkabligi bilan farq qiladi. Bu yerda mahsulot tayyorlash har bir ish joyida, 
har bir ish kunida bir xil mehnat jarayonida tayyorlanadi.
 
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi. 
Ishlab chiqarishni tashkil
etishda ixtisoslashuv muhim o’rin tutadi.
Ixtisoslashuv - ayrim korxona yoki uning bo’linmalarini ma`lum
bir turdagi mahsulot yoki uning ayrim qismlarini ishlab chiqarishga 
moslashtirishdir. 
Mehnat taqsimotiga ko’ra ixtisoslashtirishning uch xil turi
mavjud: buyumli, texnologik, detalli. 
Ixtisoslashtirishning ushbu turlari nafaqat asosiy ishlab 
chiqarishga, balki yordamchi ishlab chiqarishga ham xosdir. Masalan, 
instrumentlar va tamirlash sexini ixtisoslashtirish, qo’l instrumentlarini
ishlab chiqaruvchi, mashina va jihozlarni tamirlashda ishlatiladigan
instrumentlarni ishlab chiqaruvchi bo’linmalarni tashkil etishda ko’rinadi. 
Ixtisoslashtirishning yuqorida qayd etilgan shakllari tarmoq, tarmoq
ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Tarmoq ixtisoslashuvi buyumli ixtisoslashuv ko’rinishida namoyon 
bo’ladi. Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv bir turdagi mahsulotni ishlab 
chiqarishni tarmoq korxonalari ichida taqsimlanishini ko’zda tutadi. 
Tarmoqlararo ixtisoslashuv detalli va texnologik shakllar bilan 
bog’langan bo’lib, bir qancha tarmoq korxonalari foydalanadigan mahsulot
turini ishlab chiqarishda ko’rinadi. 
Korxonalarning bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarishga 
moslashtirilishi korxona ishlab chiqarish bo’linmalarining ham 
ixtisoslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Ixtisoslashtirishning qaysi shaklini qo’llash shu korxonadagi ishlab 
chiqarish sharoitiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga, ishlab 
chiqarish turiga, texnika va texnologiya darajasiga bog’liq. Ko’p hollarda 
korxonalarda har uch shakl ham birgalikda uchraydi. 
Ichki buyumli ixtisoslashuv buyumli yakunlangan sexlarni tashkil 
qilish orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir uchastka alohida detal va 
bo’g’inlarni ishlab chiqaradi. Masalan: shesternya, boltlar, gaykalar, vallar
ishlab chiqaradi. 
Ichki texnologik ixtisoslashuvda texnologik jihatdan bir xil bo’lgan 
jarayonlar bir uchastkaga birlashtiriladi. Masalan: quyish sexi, mexanik sex, 
yig’uv sexi. 
Ixtisoslashtirishning muhim tomoni shundaki, u ishlab chiqarishni 
mexanizasiyalashtirish, asbob-uskunlardan samarali foydalanish, progressiv 
usullarni qo’llash, ishlab chiqarishning bir maromda ishlashini ta`minlash 


39
imkonini yaratadi. Bundan tashqari ixtisoslashuv korxonalarda ommaviy 
ishlab chiqarish elementlarini qo’llash imkoniyatini kengaytiradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin