63
3. Murakab operasiyalarda unumdorligi yuqori bo’lgan, samarali texnologik
jihozlardan foydalanish;
4. Ishlov berish tartibini qat`iylashtirish.
Tashkiliy sinxronlashtirishni potok tizimlarida
mehnatni tashkil etishni
tartibga solishga qaratilgan tadbirlar yig’indisidir. Bundan maqsad
sinxronlashtirilmagan tizimlarda kasbni qo’shib olib borish, ko’p stanokli
xizmat ko’rsatish bilan ta`minlash darajasini o’zaro tenglashtirishga
erishishdan iborat.
Tashkiliy sinxronlashtirish quyidagi tadbirlarni ko’zda tutadi:
1. O’zaro ketma-ket joylashgan ko’p stanokli ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish;
2. Uzlukli potok tizimlarining har qanday operasiyasida kasblarni qo’shib olib
borishni yo’lga qo’yish;
3. Operasiyalar orasida aylanma zadellarni joylashtirish.
Texnologik va tashkiliy sinxronlashtirish bir birini to’ldirib,
ishlab
chiqarish jihozlari va ishchi kuchidan foydalanish darajasini oshirishga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: