69
7.
Ichki zadellar aniqlanib, aylanma zadellarni harakat jadvali chiziladi.
Potok liniyalarini takti va boshqa parametrlar xuddi uzluksiz potok
liniyalaridagi kabi hisoblanadi.
Liniyalardagi transport vositalarini tanlashda shuni hisobga olish kerakki,
bu liniyalarning ish tartibini reglamentlashtirish qiyin, shuning uchun bu
yerda qo’l telejkalari, skatlar, elektrotelferlardan foydalaniladi.
Uzlukli potok liniyalarining hisoblashning o’ziga xos tomoni bu liniyalarni
ishlash grafigini tuzishda ko’rinadi. Bunda xizmat ko’rsatish davrini tanlash
eng asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.
Xizmat ko’rsatish davri-potok liniyalariga birlashtirilgan operasiyalardagi
ish joylarining unumdorligini o’zaro tenglashtirish amalga oshiriladigan
vaqtdir.
Xizmat ko’rsatish davrining uzunligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
hajmiga va murakkabligiga hamda bir ishchi tomonidan xizmat
ko’rsatilayotgan ish o’rinlari orasidagi masofaga bog’liq bo’ladi.
Agar xizmat ko’rsatish davri juda kichik bo’lsa, bu bir nechta stanokda
(ish o’rnida) ishlayotgan ishchilarga noqulaylik tug’diradi, ya`ni bir ish
o’rnidan ikkinchisiga o’tishlar soni ko’payib ketadi.
Bu davrning cho’zilib ketishi esa aylanma zadellar hajmining oshib
ketishiga olib keladi. Shuning uchun samarali xizmat ko’rsatish davrini
quyidagicha tanlash qabul qilingan:
-
yirik va o’rtacha kattalikdagi mahsulotlar uchun –1-2 soat;
-
kichik hajmli mahsulotlar uchun –4-8 soat.
Xizmat ko’rsatish davri tanlangandan so’ng, shu vaqt oralig’ida har bir
operasiyadagi ish o’rinlarining ishlash vaqti aniqlanadi. Bu ko’rsatkich ish
o’rinlarining soni birdan ortiq bo’lgan operasiyalarda ish o’rinlari qanday
ta`minlanganligini ko’rsatadi.
Ish o’rinlarini hisoblashda chiqqan sonning kasr qismi, ish bilan to’liq
ta`minlanganlik koeffisiyentiga teng. Masalan: M
h
= 2,65 bo’lsa, bundan M
q
= 3 kelib chiqadi. Bu yerda ikki ish o’rni 100% ga ish bilan ta`minlangan,
uchinchisi esa faqat 65% ga ta`minlangan.
Ish bilan to’liq ta`minlanmagan ish joyining ishlash vaqti quyidagi formula
orqali hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: