72
3.8 Asosiy ishlab chiqarishni tashkil etishning brigada-operasiya
usuli
Brigada-operasiya usulining xarakteristikasi.
Ishlab chiqarishni
tashkil etishning samarali shakllaridan biri brigada-operasiya usuli
hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarishni tashkil
etishning brigada operasiya
usuli mehnatning mazmundorligini oshirishga, ish vaqtidan, ishlab
chiqarish jihozlaridan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi. Ushbu
usulni qo’llash ishchilardan
samarali foydalanish, ularning malaka
darajalarini oshirishga olib keladi. Natijada mehnat unumdorligi oshib,
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati yaxshilanadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning brigada-operasiya usulini
qo’llash korxona faoliyati samaradorligini oshirishga olib keladi. Ushbu
usulning
mohiyati shundan iboratki, bunda turli ixtisoslik va malakaga
ega bo’lgan ishchilar bir guruhga birlashib ma`lum bir maqsadni
ko’zlab faoliyat ko’rsatadilar. Ishlab chiqarish jarayoni operasiyalar
bo’yicha ishchilar o’rtasida malakasiga ko’ra taqsimlanadi. Bunda har
bir ishchiga bir nechta operasiya to’g’ri kelishi mumkin.
Brigada-
operasiya usuli texnologik jihatdan o’xshash bo’lgan ish hajmi potok
operasiya usulini qo’llash uchun yetarli bo’lmaganda tashkil etiladi.
Ushbu usulda to’liq mehnat taqsimotiga erishib bo’lmaydi. Ishchilar
murakkablik darajasi turlicha bo’lgan operasiyalarni bajaradilar. Shu
sababli ish o’rinlari ham universal jihozlar bilan taminlanishi, turli
xildagi instrument va moslamalar bilan qurollanishi
va albatta yuqori
malakaga ega bo’lishi talab etiladi.
Ishlab chiqarish jarayonirning ma`lum oraliqlarda uzilishi natijasida
ishlab chiqarish sikli uzayib ketadi, ish maydonlaridan foydalanish
yomonlashadi.
Shu bilan bir qatorda brigada-operasiya usuli yakka tartibli
ishlab chiqarishdan samaraliroq hisoblanadi
va ishlab chiqarishda keng
qo’llaniladi.
Brigada usuli quyidagi afzalliklarga ega:
1.
Brigadaga muayyan mahsulot yoki uning ayrim bir qismlarini
tayyorlash bilan bog’liq ishlarni bajara oladigan ishchilar birlashadilar.
2.
Ishchilar malakasini oshirish, ularni bir nechta mutaxassislikni egallashi
uchun sharoit yaratiladi.
3.
Kollektivni o’z-o’zini boshqarishga qiziqishi ortadi.
4.
Ish yakunidan manfaatdorlik oshadi.
Brigada-operasiya usulini joriy etish uchun tayyorgarlik quyidagi
tartibda olib boriladi:
-
texnologik jarayon operasiyalar bo’yicha brigada a`zolari o’rtasida
taqsimlanadi. Bunda har bir a`zoning ish bilan to’liq ta`minlanishiga
erishiladi;
-
ishchilarga bajaradigan ishiga qarab jihozlar tanlanadi va ish o’rinlari
ajratiladi,
Dostları ilə paylaş: