76
Yaratilayotgan mahsulotning iqtisodiyligi
:
- Ishlab chiqarish jarayonida konstruksiyani normalashtirish darajasi
bilan, metallar sarfi, mehnat sarfi, tannarx texnologik ishi bilan;
- ekspluatasiya jarayonida unumdorligi, xizmat ko’rsatish davomida ish
birligiga to’g’ri keladigan mehnatning iqtisod qilish, baxosi,
qoplash muddati
bilan xarakterlanadi.
Yirik korxonalarda konstruktorlik tayyorgarlik bilan bosh konstruktor
bo’limi shug’ullanadi. Kichik korxonalarda esa, ishlab chiqarishni tayyorlash
yagona bo’limi bu ish bilan shug’ullanadi.
Texnologik tayyorlash o’z ichiga texnologik jarayonlarni takomillashtirish,
texnik jihatdan asoslangan normalarni ishlab chiqish, texnik nazorat
usullarini tanlash, maxsus asboblarni tayyorlashga qaratilgan chora
tadbirlarni oladi.
Texnologik tayyorgarlik ikki etapda amalga oshriladi.
Birinchi etapda konstruktorlik bo’limida tayyorlangan
barcha chizmalar
tekshirilib, tahlil qilinadi.
Ikkinchi etapda, esa ishchi chizmalarga, detallarning harakat
yo’nalishlariga, texnik shartlariga, ishlab chiqarish vositalarining hujjatlariga
asoslanib loyihalashtirilayotgan mahsulotning barcha detal va bo’g’inlari
uchun texnologik jarayonlar ishlab chiqiladi va texnologik marshrut
kartalarda aks ettiriladi. Texnologik jarayonlarni tuzish ishlab chiqarish turi
va operasiyalar murakkabligiga bog’liq.
Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayon
to’lig’icha detallashtiriladi. Operasiya va
uzatishlarga taqsimlanadi, ishlab
chiqarish vositasi tanlanadi, samarali ishlov berish tartibi o’rnatiladi, barcha
ishlarni normallashtirish amalga oshiriladi. Bularning natijasida operasion
karta tuziladi.
Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda esa, faqat marshrut
kartalari tuziladi xolos. Unda faqat asosiy operasiyalar ko’rsatilib, vositalarni
tanlash va ishlov berish tartibi sex va uchastkalarda amalga oshiriladi.
Texnologik tayyorgarlikning yakuniy
qismda yangi texnologik
jarayonlarning o’nglash va ishlab chiqarishga joriy qilish amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: