Korxona va uning texnik ishlab chiqaruvchi manbalari. Iqtisodiy
nuqtai-nazaridan korxona to’liq yoki qisman iqtisodiy va xo’jalik
yakkalikni, tashkiliy – ma’muriy mustaqillikni, texnik ishlab chiqarish,
birligi sifatlariga ega bo’lgan xo’jalik strukturasini ifodalaydi.
Texnik ishlab chiqarish birligi asosini bir butunlikni mujassam etuvchi
o’zaro bog’langan va o’zaro to’ldirgan ishlab chiqarish komplekslari tashkil
etadi.
Ular umumiy xom-ashyo, material va texnologik jarayonlar
xizmatidan foydalanib tayyor mahsulot hosil qilish bilan xarakterlanadi.
Korxonaning ma’muriy tashkil etish mustaqilligi munosabatlar va
aloqalardan yopiq ma’muriy tashkiliy tizimni ifodalaydi. Buning markazida
rahbar turadi. U korxona va xodimlar faoliyatining natijalari va mexanizmga
yondoshib o’z huquqi chegarasida mustaqil qarorlar qabul qiladi.
Korxonaning moddiy asosini va undagi ishlab chiqarish jarayonlarini
uning texnik ishlab chiqarish manbalari tashkil etadi.
U o’z ichiga mehnat predmetlariga – xom-ashyo, materiallar,
komplektlashtirish buyumlariga bevosita ta`sir etuvchi aktiv elementlarni,
shuningdek shu ta`sir etish jarayoniga sharoit yaratib beruvchi, ya`ni ob-
havo o’zgarishi, shamol, yogingarchiliklar, jihatlovchi passiv elementlarni
oladi.
Texnik ishlab chiqarish manbasining asosiy elementlariga avvalo
ishlab chiqarishga mo’ljallangan bino va jihozlar sexlar korpusi, trubalar,
omborlar kiradi. Boshqa asosiy element bir qancha alohida mustaqil
guruhlarni tashkil etuvchi turli mashina va jihozlar hisoblanadi.
Yana texnik ishlab chiqarish manbaining ikki asosiy elementlari
transport vositalari va har xil turdagi asboblar hisoblanadi.
Boshqaruv qarorlarini, korxonani texnik ishlab chiqarish manbalari
holatini yaxshi bilgan holda qabul qilishi kerak.