93
Materialga talab har bir material turi bo’yicha alohida hisoblanadi.
Korxona texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan materiallarga
ehtiyoj maxsus smetalar asosida hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini tashkil etish yoki to’ldirish uchun
materiallarga talab ishlab chiqarishni kengaytirish yoki yangi mahsulot
turlarini o’zlashtirish sharoitida hisoblanadi. Normalashtirilgan ishlab
chiqarish zahirasi har bir material turi bo’yicha hisoblanib joriy, sug’urta va
tayyorlov zapaslari shuningdek, talab etilgan holatlarda mavsumiy
zapaslardan tashkil topadi.
Joriy zapas 2 ketma-ket ta`minot orasida ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligini ta`minlash maqsadida tashkil etiladi. Joriy zapas o’zgaruvchan
ko’rsatkich hisoblanib maksimal ko’rsatkichdan nolgacha o’zgarishi mumkin.
Maksimal zapasning yarmiga teng bo’lgan o’rtacha joriy zapas normativ
bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta zapas ta`minotda favqulotda uzilishlar bo’lib qolgan holatlarda
ishlab chiqarish uzluksizligini ta`minlashga xizmat qiladi. Sug’urta zapasi
doimiy ko’rsatkich bo’lib, faqat zaruriy vaqtdagina ishlatiladi va birinchi
ta`minotdanoq to’ldiriladi.
Mavsumiy zapas transportirovka shartlari va materiallarning
yo’naltirish borasida ishlab chiqarish, keltirish va iste`molida mavsumiy
tanaffuslar bo’lganda tashkil etiladi (yoqilg’i, yog’och materiallari).
Kapital qurilishda ishlatish uchun xom-ashyo, materiallarga talab
kapital qurilish bo’limlari, bosh mexanik va boshqa boshqaruv bo’linmalari
tomonidan amalga oshirilgan texnologik smeta hisoblari bo’yicha aniqlanadi.
Korxonada materiallarga talab aniqlangandan so’ng MTT balansi
tuziladi va unda talab bilan bir qatorda ularni qoplash manbalari ham
ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: