95
bilan bir qatorda uzatish muddatlari bo’yicha taqsimoti ham ko’rsatiladi.
Sexlarga materiallar haqiqiy sarf hamda mavjud qoldiqlarga ko’ra uzatiladi.
Materiallarni qabul qilish, sarflash to’g’risidagi hisobot korxonaning
struktura bo’linmalaridan boshlanadi; ushbu hisobotlar korxona ta`minot
bo’limlariga ichki ta`minot rejalarini korrektirovka qilish, materiallarni sexlar
bo’yicha ayirboshlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Limit kartalar faqat asosiy materiallarga tuziladi, qolgan materiallar
talabnomaga asosan beriladi:
-
zaruriy hujjatning mavjudligi;
-
materiallarning faqat moddiy javobgar shaxslarga berilishi;
-
materiallarni tarqatishda barcha operasiyalarni zarur hisob hujjatlarida
belgilash;
-
uzatilayotgan materiallarni sifat va miqdor jihatidan nazorat qilish.
Uchastka va ish o’rinlari material resurslar bilan sexdagi omborxonalar
orqali ta`minlanadi.
Ushbu omborxonalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
korxananing markaziy omborxanasi yoki bevosita ta`minotchilaridan
keltirilgan materialchilarni qabul qilish;
-
ularni saqlash uchun joylashtirish;
-
materiallarni sifat va miqdor jihatdan saqlash uchun sharoit yaratish;
-
materiallarni ishlab chiqarish uchastkasi yoki ish o’rniga uzatish;
-
material sarfi bo’yicha hisobot olib borish.
Materiallarni sex omborxonalaridan ishlab chiqarish uchastkasi va ish
o’rinlariga uzatish ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteri sistemada amalga
oshiriladi. Bulardan keng tarqalgani materiallarni brigadirga topshirish
hisoblanadi. Brigadir esa ishchilarga sarf normalariga asosan tarqatadi.
Korxona ta`minot bo’limlari ishlab chiqarish bo’limlarini material resurslar
bilan ta`minlash bilan cheklanib qolmaydi, ishlab chiqarish zahiralarini
saqlashga ham e`tibor qaratishlari lozim. Zahiralarni nazorat qilib borish,
ularni normativ darajaga yetkazish va shu darajada saqlashni ta`minlash
ta`minot bo’limining funksiyasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: