4.5 Ta`mirlash xo’jaligini tashkil qilish
Ta`mirlash xo’jaligining ahamiyati va vazifalari.
Mexanizasiyalashtirish yuqori bo’lgan ishlab chiqarish sharoitida
korxonaning faoliyat natijasi ishlab chiqarish vositalarining holatiga bog’liq
bo’ladi. Chunki asosiy vositalarning (jihozlarning) nosozligi natijasida paydo
bo’ladigan uzilishlar (tanaffuslar) ishlab chiqarish siklining uzayishiga,
mahsulot sifatiga, bergan hajmiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Jihozlarni ekspluatasiya qilish jarayonida ular moddiy va ma’naviy
eskiradi. Buning natijasida uning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari o’zgaradi:
quvvati pasayadi, unumdorligi va aniqligi kamayadi. Ana shularni xisog’ga
olib, jihozlarni yaxshi ish sharoitida ushlab turish uchun doimiy ravishda olib,
jihozlarni yaxshi ish sharoitida ushlab turish uchun doimiy ravishda texnik
xizmat ko’rsatish va remont qilish ishlarini yo’lga qo’yish lozim. Bu ishlarni
tashkil qilish uchun korxonada remont xo’jaligi tashkil etiladi. Ta`mirlash
96
xo’jaligi ham mustaqil faoliyat ko’rsatuvchi bo’lim bo’lib, uning tarkibiga
asosiy va yordamchi uchastkalar kiradi.
Asosiy uchastkalarga bo’lib-mexanika, tayyorlov, slesarlik, yig’uv,
termik, sinov uchastkalari kiradi.
Yordamchi bo’limlarga esa metal zapaslar, zapas qismlarni saqlash ombori
instrument tarqatuvchi bo’lim va boshqalar kiradi.
Bu remont xo’jaligining ishlab chiqarish strukturasi ishlab chiqarish
turlari, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga, sexlardagi jihozlarga, ishlab
chiqarishni tashkil etilishiga bog’liqdir.
Ta`mirlash xo’jaligining vazifalari:
1.
Jihozlarni ekspluatasiya qilish va remontini rasional sistemalarini tashkil
etadi.
2.
Jihozlardan foydalanish muddatini oshirish maqsadida jihozlardan
foydalanish madaniyatini oshirish.
3.
Ta`mirlash ishlarining mehnat sig’imi hamda tannarxini kamaytirish va
sifatini oshirish.
4.
Jihozlarni modernizasiya qilish.
Ta`mirlash ishlarini yuqori darajada amalga oshirish maqsadida bo’g’inli
usul qo’llaniladi. Bunda stanokning bug’in va agregatlari oldindan remont
qilib qo’yilgan detallarga almashtiriladi.
Ketma-ket bo’g’inli usulda remont qilish lozim bo’lgan qismlar
navbatma-navbat, tanaffuslar paytida amalga oshiriladi.
Remont xo’jaligining oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilish rejali-
ogoxlantiruvchi ta`mirlash sistemasini joriy qilish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
ROT sistemasi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini
ta`minlashga qaratilgan remont va xizmat ko’rsatish tadbirlarining
yig’indisidir. Bu jarayonlar oldin ishlab chiqarilgan rejalar asosida profilaktik
ravishda amalga oshiriladi.
ROT sistemasi birinchi marta sobiq ittifoqda ishlab chiqarilib, joriy
etilgan, keyinchalik boshqa chet el davlatlarida ham qo’llanila boshlagan.
Qo’llanish doirasiga ko’ra ROT sistemasining uch xil turi mavjud:
1.
Kuzatishlardan keyingi remont. Bunda remont turi mazmuni va
muddati doimiy kuzatishlar asosida belgilanadi. Bu sistema ko’proq yirik,
og’ir va unikal jihozlarni remontida vaqti-vaqti bilan ishlaydigan jihozlarda
qo’llaniladi.
2.
Standart remontlar sistemasi asosida belgilab qo’yilgan muddatda,
doimiy ishlaydigan jihozlarni remonti yotadi.
3.
Davriy ta`mirlash esa ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda
jihozlarning ish bilan ta`minlanishi yuqori bo’lganda qo’llaniladi.
Ushbu sistema ko’proq mashinasozlikda qo’llaniladi.
ROT sistemasi o’z ichiga quyidagi ishlarni oladi:
1. Jihozlarga remontlar orasida xizmat ko’rsatish.
1.
Jihozlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib, turlit profilaktik operasiyalar
amalga oshirish.
2.
Turli ta`mirlash turlarini amalga oshirish.
Ta`mirlashlar orasidagi xizmat ko’rsatish jihozlarining kundalik kuzatib,
kichik nosozliklarni vaqtida yo’qotib borishdir (jihozlarni tozaligini saqlash,
stanok qismlarini yog’lab turish).
97
Vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turuvchi ta`mirlash ishlari ta`mirlash
brigadalari tomonidan amalga oshirilib, bunda stanokning ba`zi bir
butunlarini sozlash, stanokning zaruriy joylarini yuvib tozalash, yog’ini
almashtirish kabi operasiyalar bo’ladi. Undan tashqari stanokni tekshirib,
mavjud nosozliklar aniqlanadi, navbatdagi ta`mirlash muddati va hajmi
belgilanadi.
Jihozlarning remonti uch xil turda bo’ladi:
1.
Kichik remont – jihozlarni tez almashtiriladigan qismlarni
almashtirish, kichik nosozliklarni tugatish, jihozlarni mexanizmlarini
regulirovka qilishdan iboratdir.
2.
O’rta remont – jihozlarni qismlarga ajratib ayrim yeyilib ishdan
chiqqan qismlarini almashtirish, uning unumdorligini tiklash.
3.
Kapital remont – rejali remontning eng katta turi bo’lib, bunda
jihozlarni turlicha qismlarga ajratib, undagi barcha nosozliklarni yo’qotish,
yog’lash va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Kapital remont natijasida
jihozlarning boshlang’ich xususiyati to’laligicha tiklanadi.
Remontlar orasidagi xizmatlar ko’rsatish, davriy kuzatishlar va o’rta
remontlar korxonaning joriy xarajatlari hisobiga amalga oshiriladi va
xizmatlarning tannarxiga kiritiladi.
Kapital remont va modernizasiya, amortizasiya ajratmalari hisobiga
amalga oshiriladi.
ROT sistemasi asosida turli remont ishlarini tartibi va bajarish
muddatini belgilovchi normativlar yotadi: remont sikli, remontlar orasidagi
davr, kuzatishlar oralig’idagi davr, remontning murakkablik kategoriyasi,
jihozning remontda turib qolish davri, remont ishlarini mexanik sig’imi
normasi.
Ketma-ket kapital remont orasidagi davr - remont sikli deyiladi. Ana
shu davr mobaynida amalga oshiriladigan kuzatishlar, kichik va o’rta
remontlar ketma-ketligi, remont siklining strukturasi deyiladi. Remont sikli
strukturasi ma`lum bir turdagi jihozlar uchun yagona tarzda belgilanadi.
Masalan: og’irligi 10 tonnagacha bo’lgan yengil va o’rta metal kiritish
stanoklari uchun remont sikli quyidagicha bo’ladi:
K - O - M - O - M - O - S - O - M - 0 - M - O - S - O
- M - O - M - O - K
K – kapital remont – 2
S – o’rta remont – 2
M – kichik remont – 6
O – kuzatish – 9
Press jihozlar uchun esa remont sikli quyidagicha:
1.
gidravlik presslar uchun:
K-O-O-M,-O-O-M
2
-O-O-M
3
-O-O-O-S
1
-O-O-M
4
-
O-O-M
5
-O-O-M
6
-O-O-K
K-2, S-1, M-6, O-16
2.
mexanik presslar uchun:
K-O-O-M
1
-O-O-M
2
-O-O-S
1
O-O-M
3
-O-O-M
4
-O-
O-S
2
-O-O-M
5
-O-O-M
6
-O-O-K
K-2, S-2, M-6, O-18
98
Remont siklining uzunligi jihozning murakkabligiga, ish tartibiga,
materialga, ishlab chiqarish turiga, jihozning og’irligiga, ishlatilish sharoitiga
bog’liq bo’ladi.
2 ta ketma-ket remont orasidagi davr - remontlar orasidagi davr
deyiladi. Uning uzunligi quyidagicha formuladan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |