Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

 
 
5.2 Korxona ishlab chiqarishni boshqarish va tuzilmalarini 
takomillashtirish 
 
Korxonaning iqtisodiy salohiyatini boshqarishda xo’jalik faoliyatining 
quyidagi mezonlari asos bo’la oladi: 
Birinchidan, korxonaning katta kichikligi. Uni tavsiflash uchun odatda 
ikkita tushuncha ishlatiladi. Ya`ni korxonaning o’lchamlari va uning quvvati. 


117
Korxonaning o’lchov ko’rsatkichlariga uning ishlab chiqarish maydoni, ishlab 
chiqarishda bevosita qatnashuvchi ishchilar yoki umumiy ishlovchilar soni, 
loyiha bo’yicha korxonaning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, real 
jismoniy kapitallarning jami qiymati yoki ularning ishlab chiqarishda 
bevosita ishtirok etuvchi qismining qiymati va boshqalar. Quvvat ko’rsatkichi 
odatda korxonaning natural ko’rinishdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bog’liqdir. Bunda faqat amalda qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 
hisobga olinadi. Bu tavsiflashlar faqatgina korxona to’g’risida umumiy 
tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi, lekin uning to’la ishlab chiqarish 
imkoniyatlari borasida to’liq axborot bera olmaydi. 
Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o’tish davrida korxonalar 
o’zlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatidan va asosiy sarmoyasidan 
foydalanish samaradorligini oshirish masalasi muhim o’rin tutmoqda. Bu 
masalaning ijobiy hal etilishi korxonalarning tarmoq ishlab chiqarishdagi 
o’rni, uning moliyaviy ahvoli va bozordagi raqobatbardoshligiga bog’liqdir. 
Korxonaning asosiy sarmoyasi hajmi va undan foydalanish darajasi 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi.
Uchinchidan, korxonaning kadrlar yoki mehnat resurslardan samarali 
foydalanishi. Korxona kadrlari yoki mehnat resurslarini boshqarish bular shu 
korxonaning xodimlari ro’yxatiga kiruvchi turli sohada mehnat qiluvchi 
mutaxassislardan iborat bo’lib, ularni yagona bosh maqsad sari manfaatdorlik 
asosida yo’naltirishdan iborat bo’lishi lozim. 
To’rtinchidan, rahbariyatning korxona umumiy faoliyatini oqilona 
rejalashtirishi. Bu ko’p jihatdan butun boshqarish tizimining samaradorligini 
belgilab beradi. Korxonalarda ishlab chiqarishni rejalashtirish - ishlab 
chiqarish jarayonining kelajakdagi o’sishini va uning natijalarini 
bosqichma-bosqich aniq ko’ra bilish va dasturlashdir. Bunda ilmiy axborot 
resurslarini tahlil etish asosida korxona rejasi, ishlovchilar faoliyati, moddiy 
va moliyaviy resurslar hisobga olishi kerak.
Beshinchidan, korxonada ishlab chiqarishni boshqarish va uni tartibga 
solib turli hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida murakkab tizimni 
mujassamlashtirgan. Bular boshqarish mexanizmini tashkil qiluvchi tizimlar, 
korxona faoliyatida qatnashuvchi barcha bo’g’inlar va ishlovchilar o’rtasidagi 
o’zaro munosabatlardan iboratdir. 
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi unda qatnashuvchi barcha 
bo’g’inlar faoliyatini bog’lab turuvchi bir butun mexanizmdir. Bunda barcha 
bo’g’inlar o’zlariga biriktirilgan vazifalarni boshqa bo’g’inlardagi vazifalar 
bilan bog’liqlikda samarali amalga oshirishi katta ishlab chiqarish natijalariga 
olib keladi. 
Albatta, bunday mexanizmda tadbirkorlik qobiliyati va innovasion 
muhit shakllangan bo’lmog’i lozim. Chunki bu hozirgi kunning talabi 
bo’libgina qolmasdan, balki iqtisodiy salohiyatni shakllantirishning eng 
asosiy omillaridan biri hamdir. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin