123
yagona vakil bo’lganligi sababli u mahsulot savdosining barcha muvaffaqiyat
va zararlariga yakka o’zi javob beradi. Ikkinchidan, savdo agenti yerlik bozor
faoliyatchilari bilan shaxsiy va ish bo’yicha aloqalarni o’rnatadi.
Bir qancha savdo hududlarida ishni rayon bo’yicha savdo
boshqaruvchisi
boshqaradi, bir qancha rayonlarda esa sotish bo’yicha vise
Prezident boshqaradi. Savdo agentlari o’z mollarini juda puxta bilishlari
kerak, ayniqsa bu mahsulotlar texnik murakkab, umuman xilma-xil bo’lsa.
Shuning uchun ko’pgina korxonalar o’zining savlo apparatini mahsulot
tamoyili bo’yicha ko’rishadi.
Korxona o’zining savdo apparati mijozlariga qarab bo’lib tashkil etishi
mumkin. Bunday bo’lib tashkil etish tarmoqlararo katta va oddiy
buyurtmalar, mavjud yangi mijozlar bo’yicha bo’lishi mumkin. Korxona
tashkilot tuzilmasini aniqlab olgandan so’ng savdo agentlarini jalb etib
tanlash va o’qitish tizimini ishlab chiqarishi kerak.
Insonning savdoga bo’lgan ixtiyorini qanday aniqlasa bo’ladi?
Makmorri (amer. olim) shunday degan «Yaxshi
sotuvchi hamma vaqt
talabchan va odamlarni o’ziga jalb eta oluvchi bo’ladi. Makmorri shu bilan
birga ekstra klass kommivoyajerlarning 5 tashkil qo’shimcha xususiyatlarini
aytib bergan:
1) katta harakatchanlik;
2) o’ziga to’la ishonch;
3) puldan hamma vaqt kuchli samarali foydalanish;
4) profyessional bilimlarin egallashi;
5) har qanday qarshiliklarni o’ziga qabul qilib olish.
Me`yor va grinberg yaxshi kommivoyajerlar 2 tashkil asosiy
xususiyatga ega bo’lishlari kerak.
1) Empatiya sezgisi, ya`ni mijoz xislarini tula ko’ra olish;
2) Mahsulotga maqsadli intilishlik. Savdosini
yuritishiga kuchli
ishtiyoqlik bo’lishi
Tanlash me`zonlarini ishlab chiqqadan so’ng rahbariyat da`vogarlarni
tanlab chiqishi kerak. Kadrlar bo’limi turli yo’llar bilan bir qancha
da`vogarlarni to’playdi va ular ichidan eng yaxshisini ajratib oladi.
Tanlash jarayoni turlicha bo’ladi - oddiy norasmiy suhbatdan uzoq
sinovlargacha va nafaqat da`vogarlar ba ularning didlari bilan ham ko’rinishi
mumkin ishga sinov muddati bilan qabul qilishadi. Tanlashning bir ko’rinishi
test baholarini to’plash, undagi tavsiyanoma va xizmat ro’yxati hisoblanadi.
Ba`zi firmalar kommivoyajerlarni qabul qilgan zahoti ularga ish beradi.
Yangi xodimlarni o’qitishi bu ancha sarf xarajatdir. Har qanday o’quv
dasturi bu o’qituvchilarga beriladigan katta to’lovlar, materiallar, joy va
vaqtdir. Bu degani biror bir mijozga xizmat ko’rsatmagan odamga haq to’lash
demakdir.
Ba`zi firmalarda (QK) yangi tanlagan kommivoyajerlar haftalab, oylab
o’qishlari mumkin. Amerika firmalarida agar sanoat mollari bilan savdo
qiladigan bo’lsa, o’quv kursi 28 xafta, xizmat ko’rsatish firmalarida 12, keng
iste`mol firmalarida 4 haftagacha davom etishi mumkin.
QK firmalarida esa
yangi ishga kirganlar faoliyati 2 yildan ishga o’tishi mumkin.
Bundan tashqari har yili 15% ish vaqti qo’shimcha o’qishga ajratiladi.
O’quv dasturi bir qancha mahsulot ko’zlagan bo’ladi; savdo agentini firma
mahsulotlari bilan tanishtirish, tovarlar qanday ishlab chiqariladi, agentning
124
turli vaziyatlarda funksiyalari bilan tanishtirish, uni samarali
savdo bitimlarini o’tkazishga o’rgatish, uni asosiy savdo san`atiga o’rgatish,
mijozlar bilan muomala qilish, hisobotlarni tuzish va boshqalar.
Savdo agent mehnatining samaradorligini baholash.
Rahbariyat
kommivoyajerlar mehnati to’g’risidagi ma`lumotni turli punktlar bilan
oladi. Eng asosiy axborot, ma`lumot manbai bu savdo to’g’risidagi hisobotdir.
Qo’shimcha axborotni shaxsiy kuzatuvlar, mijozlar xatlari va shikoyatlari,
buyurtmachilar bilan suhbatda va boshqa Amerika kommivoyajerlar bilan
bo’lgan suhbatdan bilib olsa bo’ladi. Baholash yo’llaridan biri turli
kommivoyajerlarning mehnat ko’rsatgichlarini solishtirib va ularni shu
ko’rsatgichlar yordamida baholash. Baholashning asosiy ko’rsatgichlari har
bir kommivoyajerlarning firmaga keltirgan sof daromadlaridan bilinadi.
Boshqa
Amerika usuli, kommivoyajerlarning joriy va o’tgan oylardagi
ko’rsatgichlarni tashkil qilishidadir. Shunday tashkil qilish uning
muvafaqqiyatlari yoki zararlari to’g’risida ma`lumotni beradi. Tashkil qilish
kommivoyajerlarning foydali bir necha yil davomida qanday ko’tarilib
tushganini ko’rish mumkin.
Kommivoyajerlarni sifatli baholashda uning firma, uning mahsulotlari,
mijozlari, raqobatlari va majburiyatlari to’g’risidagi bilimni inobatga olinadi.
Dostları ilə paylaş: