16
6. Rejalashda ob`yekt orasidagi bog’liqlik.
- “Ingichka” joy bo’yicha rejalash;
- “Chiqishdan kirishga” rejalash;
- “Kirishdan chiqishga” rejalash;
- Mahsulot birliklarini tartibli “provodka”si
7. Rejalashdagi oqimlar.
8. Rejaviy ish uslubini tashkil qilish.
- Rejalash faoliyatini maxsuslashtirish;
- Reja korrektirovkasi va rejalash jarayonlarining bo’linishi.
Balansli usul firma boshqarayotgan resurslarning o’zaro bog’liqligiga
tayanadi. Agar resurslar talablarga nisbatan oz bo’lsa, uni topish yo’llari
qidiriladi. Agar teskari bo’lsa, qoldiqlardan qutulish yoki ishlatishni
kengaytirish masalalari yechiladi. Balansli usul balans sistemalari -
moddiy-ijtimoiy, qiymat balansi, mehnat bilan tuzish orqali ishlab chiqiladi.
Balans ikki tomonlama byudjetli jadvaldan iborat (1.1-jadval).
1.1-jadval
Resurslar manbasi
Resurslar bo’limi
1. Davr boshiga qoldiq.
2. Tashqi kirim.
3. Ichki zaxira
1. Davomiy ishlatish.
2. Tomonga ishlab chiqish
3. Davr oxiriga qoldiq.
Jami Jami
Balans Balans
Bunday jadvallar tubida balans tengligi yotadi. Tabiiy balans bilan bir
qatorda rejalashda qiymat balanslar ham keng qo’llaniladi. Bunda firma,
pulga hamma kerakli mahsulotlarni sotib oladi vapulga ularni ishlab chiqadi.
Bu yerda pul muomalasi muhim rol o’ynaydi. Mehnat balanslari ham
har xil bo’lishi mumkin. Ishchi vaqt balansi bir tomondan vaqt ichidagi
resursni, ikkinchi tomondan bu vaqtni har xil ish turlariga bo’lishini
ko’rsatadi. Mehnat resurslargi ishchi kuchi balansi va uni harakatlari ham
kiradi.
Me`yoriy usul shundan iboratki, rejalash topshiriqlari negizida aniq
vaqt davrida har xil resurslar ishlatishning me`yorlari yotadi.
Rejalashda ishlatiladigan me`yorlar tabiy, qiymatli, vaqtinchali bo’lishi
mumkin. Tabiiy me`yorlar moddiy boyliklarni ishlatilishini ko’rsatadi.
Qiymatli me`yor har xil resurslarni bir yo’la ishlatilishini yoki pullarni
ishlatishini bildiradi.
Vaqt me`yori ish yoki ularni alohida elementlariga sarflashni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: