18
Agar korxonada ishlab chiqishni tashkil qilish yuqori darajali
avtomatlashtirilgan bo’lsa, unda “Texnik-iqtisodiy rejalashtirish” dasturli
modul qo’llanishi mumkin. U korxonaning reja-iqtisod xizmatida
qo’llaniladi va uchta blokdan iborat:
1. Me`yoriy - ma`lumotlarni xabarlarini qo’llash:
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi;
- xom-ashyoni ishlatish me`yori;
- operasiyaviy texnologik jarayonlar (vaqt, baholash me`yorlari, texnologik
jihozlash instrumentlari).
2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish.
- buyurtma portfelini o’stirish (buyurtma bo’yicha rejalash);
- ob`yom va nomenklatura bo’yicha har oyga ishlab chiqarish rejasini
o’stirish;
- reja o’zgarganda ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini qayta hisoblash;
- ishlab chiqarish dasturini o’stirish;
- ishlab chiqarish dasturining bajarilishi o’stirish;
- reja resursi bo’yicha balanslashtirishni o’stirish;
- tayyor mahsulot chiqarishni haqiqiy ob`yomini hisobga olish yoki
hisobdan chiqarish;
3. Reja tannarxini hisoblash.
- ishlab chiqarishga me`yoriy sarflashni hisoblash (ularning hosil bo’lish
markazi bo’yicha);
- sex bo’yicha smeta sarfini hisoblash va korxona;
- korxona va sexlar bo’yicha oylik yarimfabrikatlar va buyumlar tannarxini
me`yoriy kalkulyasiyasini hisoblash;
- tannarx asosida buyumlarni reja narxlarini hisoblash.
Modulda rejalashni minimal muddati oy hisoblanadi. Reja bir yilga
yoki kvartalga mo’ljallangan bo’lishi ham mumkin. Modul ishlab chiqish
rejasini bir nechta usul yordamida o’sishiga imkoniyat yaratadi: mahsulotni
yetkazib kelish uchun kelishilgan narx bo’yicha, ishlab chiqish buyurtmalari
narx bo’yicha, o’tgan yil natijalari bo’yicha va boshqalar.
Modul ishlab chiqish buyurtmalarini o’sishni ta`minlaydi, bo’limlar
bo’yicha yarimfobrikatlarni ishlab chiqish me`yorini baholaydi, hamda xom-
ashyo, materiallari, buyumlarga bo’lgan ehtiyojni qondiradi, ularni bajarishga
ketgan mehnat sarifini aniqlaydi.
Dasturli “Ishlab chiqarishga ketgan faktik sarfni hisobga olish” moduli
korxonalardagi ishlab chiqarish buxgalteriya byuro (sektori)ni mutaxassislar
ishlatishi uchun mo’ljallangan. U korxona ishlab chiqarish faoliyatini aniq
muddatda sarflangan hisob funksionallarni tezlashtiradi. Modulni
funksiyanallash korxonada ishlovchi “Texnik- iqtisodiy rejalash” modulini
bo’lishi bilan bog’liq (1.5 va 1.6 rasm).
Dasturli modul quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Chiqarish me`yorini aniq hisobga olish:
- har oynada sexlarda omborga kelgan tayyor buyumlar va yarim
fabrikatlarni aniq chiqarish hisobi;
- tugallanmagan ishlab chiqarishni aniq me`yorini hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: