Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab chiqarishning strategik boshqaruvi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Ishlab chiqarishning strategik boshqaruvi.
Ishlab chiqarishning 
strategik boshqarishni shakllarini ifodalashdan oldin boshqaruvning iqtisodiy 
strategiyasini, ishlab chiqarishni strategik va qisqa vaqt boshqaruvidan 
farqlovchi xususiyatlarini belgilash lozim. 
Uchinchi xususiyati.
Iqtisodiy strategiyani tayyorlashda qayta olinadigan 
aloqalar ahamiyatining kuchayishi ifodalanadi. Buning natijasida iqtisodiy 
strategiyani ishlab chiqish o’zida firmaning raqobatbardoshligiga ta`sir 
etuvchi omillar axborotni aniqlash choralari bo’yicha dastlabki maqsadlarni 
doimiy tuzuvchi, yo’naltiruvchi siklik (aylana) jarayonini aks etadi. 
Firmaning o’ziga xos xususiyatlariga tashqi va ichki holatlarning 
spesifikasiyasiga (tavsilotiga) qarab, ishlab chiqarishni boshqarish strategiyasi
quyidagi uch shakllarda mavjud bo’lishi mumkin: ekstropolyasiya 
tendensiyasi asosida boshqarish, o’zgarishlarni oldindan ko’rish asosida 
boshqarish 
(kutilmagan strategiya holatlar sharoitida, ichki va tashqi muhitning teskari 
aloqasi signallari bo’yicha, tartibdagi strategik topshiriqlarni amalga 
oshirishda qabul qilinadigan tezkor mustahkam, bukuluvchan qarorlarni 
qabul qilish asosida boshqarish. 
 
O’zgarishlarni oldindan ko’rish asosida boshqarish - to’la strategik 
ma’nodagi so’z - bu mavjud tendensiya va sharoitlardan kelib chiqqan 
holda emas, balki kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan sharoitga yondashib 
boshqarish. Shuning uchun uning asosiy muammosi bo’lib o’zgarishlarni 
oldindan ko’rib, va buning asosida firmaning uzoq muddatga barqarorligini
 
ta`minlash. 
 
 


27
2-bob. Ishlab chiqarish jarayoni tuzilmalari 
2.1 Ishlab chiqarish tuzilmasi va manfaatlar uyg’unligi 
Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasi, ya`ni infratuzilmasi 
muassasalari kichik biznes sub`yektlarining tovar va xizmatlar bozori, pul 
bozori, mehnat resurslari bozori, kapital bozori, shuningdek bank tizimi
nobank moliyaviy institutlar tizimi, ulgurji vositachilik tuzilmalari, konsalting 
va auditorlik xizmatlari bozori, mehnat birjalari va boshqa bir qancha 
muassasalar bilan bo’ladigan o’zaro aloqalarini ta`minlaydi. 
2.1-rasm. Jamiyat infratuzilmasi tizimi. 
Infratuzilma – xizmat ko’rsatish sohalari majmuasi bo’lib, tarkiban 
ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini o’z ichiga oladi. Buni 
chizmada (2.1-rasm) buni ko’rishimiz mumkin. Hozir bozor infratuzilmasini 
yanada rivojlantirish zarurati bor, chunki busiz bozor iqtisodiyoti ishlab keta 
olmaydi. Bozor infratuzilmasini bozorning barcha turlariga, chunonchi, tovar 
bozori, moliya bozori va mehnat bozoriga xizmat ko’rsatadi. 
Bozor infratuzilmasini birdaniga yaratib bo’lmaydi. U ancha uzoq 
davom etadigan murakkab jarayon bo’lib, yuksak mahoratga ega, malakali 
kadrlar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub`yektlar ham, aholi ham xo’jalik 
faoliyatining yangi sharoitlariga ega ruhan moslashishini talab qiladi. 
So’ngi so’z o’rnida shuni qayd etish joizki, iqtisodiy infratuzilma kichik 
biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada 
infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo’lsa bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik 
biznes sub`yektlari ko’proq paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish 
o’rinlarini yaratish va shu orqali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal 
etilishiga erishishni, aholining real daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari 
paydo bo’lishini, soliqlar tushumining ko’payishini, maxalliy byudjet 
Jamiyat 
infratuzilmasi 
Ishlab chiqarish
infratuzilmasi 
Moliya bozori 
infratuzilmasi 
Bozor infratuzilmasi
Ijtimoiy infratuzilma
-elektr enyegiya 
ta`minoti; 
-transport va aloqa; 
-yo’l qurilish; 
-moddiy texnik 
ta`minot; 
-gaz va toza suv 
ta`minoti va b. 
-maorif va sog’likni 
saqlash; 
-san’at; 
-madaniyat va sport 
inshootlari; 
-ijtimoiy ta`minot; 
-maishiy xizmat; 
-uy-joy qurilishi va b 
Mehnat bozori 
infratuzilmasi 
Tovar-xom ashyo 
bozori infratuzilmasi 


28
daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda sog’lom raqobat muhitining 
yaratilishini hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning 
mustahkamligini ta`minlaydi.
Jamiyat tarqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiy manfaat 
hisoblanadi. Manfaatlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarda bo’lishi 
mumkin. Ular tizimida iqtisodiy manfaatlar birlamchi, belgilovchi va ustuvor 
hisoblanadi. Ana shu iqtisodiy manfaat o’z navbatida, ma`lum ijtimoiy 
shakllarda – xususiy, jamoa, jamiyat (umumxalq) ko’rinishlarida namoyon 
bo’ladi. 
Xulosa qilib, ilmiy umumlashmani quyidagicha ifodalash mumkin 
(2.2-rasm): 
- jamoaviy va shaxsiy, umumxalq manfaatlarining uyg’unligi, ishlab 
chiqarish barcha qatnashchilari faoliyatining mushtarakligiga erishish har bir 
manfaatning boyishini anglatadi; 
2.2-rasm.
Ishlab chiqarish jarayoni. 
-tadbirkorlik munosabatlarining ko’p tomonlama ko’rinishida eng kam 
tahlil qilingani ularning samaradorligini baholash va moddiy qo’llab-
quvvatlash munosabati bo’lib, uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqarishga ta`siri muammolarini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi; 
-iqtisodiy manfaatlar bitta maqsadga – har bir huquqiy sub`yekt va 
jismoniy shaxs tomonidan iqtisodiy manfaatlarga, jamoa va jamiyat, mulkdor 
va davlat manfaatlarining uyg’unligiga erishishni ko’zda tutadi. Shuning 
uchun uchta iqtisodiy manfaatlar birligi o’zaro aloqalar uyg’unligining 
ta`minlanishi zarur, deb hisoblaymiz. 
Umumxalq manfaatlari jamoa ishlab chiqarishining yagona maqsadiga 
erishish uchun rivojlanadigan butun iqtisodiyot majmuining organik ravishda 
birikuvi asosida vujudga keladi. Bozor iqtisodiyotining qaror topishi 
Ishlab chiqarish
Davlat ishlab
chiqarishi
Jamoaviy ishlab
chiqarish
Xususiy ishlab
chiqarish
Ishlab chiqarish maqsadi
Davlat manfaatlari
Jamoaviy manfaatlar
Shaxsiy manfaatlar 
Umumiy manfaatlar
Iqtisodiy manfaatlar 
Ijtimoiy manfaatlar


29
sharoitida jamiyat a`zolari manfaatlarining mushtarakligi va ularning dialektik 
o’zaro bog’likligi ishlab chiqarish vositalarining bevosita moddiy boyliklarni 
ishlab chiqaruvchilarni o’zlarining mulki hisoblanishiga asoslanadi. Shuning 
uchun bozor iqtisodiyotida barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarining ijro 
etiluvchilari hisoblanadilar. Jamoaviy manfaat jamiyat barcha a`zolarining 
muntazam ravishda o’sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
to’liqroq qondirish asosida foyda olishdan iborat bo’lgan bozor ishlab 
chiqarishning maqsadida namoyon bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlik yangi 
mohiyat kasb etadi. Lekin, shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlikka bog’liq bo’ladi, 
ular o’zaro uyg’unlashadi.
Iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi va aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
turmush darajasini oshirish yo’llarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosaga 
kelish mumkin: 
- mulkiy va intellektual salohiyatiga qarab daromad olish erkin 
iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi va xodimlarning daromaddagi 
ulushlari shunga ko’ra bir xil bo’lmaydi; 
- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotning bosh islohotchisi 
sifatida tadbirkorlik munosabatlariga nafaqat mehnatni me`yorlash va 
tarifikasiyalash orqali, balki asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlari: paxta xom- 
ashyosiga va boshqalarga shartnoma asosida davlat buyurtmasini o’rganish 
asosida daromadlarni shakllantirish orqali ham ta`sir ko’rsatadi; 
- erkin iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi 
qonuni amal qiladi va bu qonun tadbirkorlar harakati bilan ularning 
daromadlari o’rtasida iqtisodiy bog’likliklarni ifoda etadi. Bu qonun harakati 
tufayli tadbirkorlik ishlab chiqarishi takroriylik kasb etadi. Tadbirkorlik 
faoliyatining samadorligi qonuni, birinchi navbatda, ishlab chiqarishdan 
manfaatdorlik va daromadlarni taqsimlash qonuni bilan bog’liqdir. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin