Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

 = m
τ
 + (m - L) 
τ
- uzluksiz harakat
qiluvchi konveyer. 
M - operasiyalar soni. 
Uzlukli harakat qiluvchi konveyerdagi sikl uzunligi 
T
t.s
 =m
τ
 + (m - 1) a 
a - konveyerning ikki ketma-ket operasiyalar orasidagi harakat 
vaqti. 
 
3.7 Bir buyumli uzlukli potok tizimini hisoblash 
 
Bir buyumli uzlukli potok tizimining xarakteristikasi va hisoblash 
tartibi. 
Texnologik sinxronlashtirish orqali potokdagi operasiyalarni taktga 
tenglashtirish imkoni bo’lmaganda uzlukli potok liniyalari tashkil etiladi. 
Operasiyalarning turlichaligi va ish o’rinlarining unumdorligi turlicha 
bo’lgani uchun potok liniyarlarini tashkil etishning o’ziga xos tomonlari 
mavjud. 
Birinchidan, tashkiliy sinxronlashtirishdan kengroq foydalanish lozim 
(kasblarni ko’shib olib borish, ko’p stanokli xizmat ko’rsatish). 
Ikkinchidan, taktdan katta bo’lgan operasiyalar bajariladigan ish 
o’rinlaridagi unumdorlikni tenglashtirish lozim. 
Uchinchidan, liniyalarda mahsulot ishlab chiqarish uzluksizligini 
ta`minlash maqsadida operasiyalar oralig’ida aylanma zadellar tashkil etish 
lozim. 
Uzlukli potok liniyalarini hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga 
oshiriladi: 
1.
Potok liniyalarining takti hisoblanadi. 
2.
Liniyadagi hisob va qabul qilingan ish o’rinlarining soni hisoblanadi, 
ish bilan ta`minlanganlik koeffisiyenti topiladi. 
3.
Ishchilar soni aniqlanadi. 
4.
Operasiyalar orasidagi transport tanlanib potok liniyasining razmeri 
aniqlanadi. 
5.
Potok liniyalarining planirovkasi tuziladi. 
6.
Liniyaning ish jadvali hisoblanadi va chiziladi, ya`ni potok liniyalariga 
xizmat ko’rsatish vaqti belgilanadi, shu vaqt oraligida ish o’rinlarining 
ishlash vaqti belgilanadi. 


69
7.
Ichki zadellar aniqlanib, aylanma zadellarni harakat jadvali chiziladi. 
Potok liniyalarini takti va boshqa parametrlar xuddi uzluksiz potok 
liniyalaridagi kabi hisoblanadi. 
Liniyalardagi transport vositalarini tanlashda shuni hisobga olish kerakki, 
bu liniyalarning ish tartibini reglamentlashtirish qiyin, shuning uchun bu 
yerda qo’l telejkalari, skatlar, elektrotelferlardan foydalaniladi. 
Uzlukli potok liniyalarining hisoblashning o’ziga xos tomoni bu liniyalarni 
ishlash grafigini tuzishda ko’rinadi. Bunda xizmat ko’rsatish davrini tanlash 
eng asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. 
Xizmat ko’rsatish davri-potok liniyalariga birlashtirilgan operasiyalardagi 
ish joylarining unumdorligini o’zaro tenglashtirish amalga oshiriladigan 
vaqtdir. 
Xizmat ko’rsatish davrining uzunligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
hajmiga va murakkabligiga hamda bir ishchi tomonidan xizmat 
ko’rsatilayotgan ish o’rinlari orasidagi masofaga bog’liq bo’ladi. 
Agar xizmat ko’rsatish davri juda kichik bo’lsa, bu bir nechta stanokda 
(ish o’rnida) ishlayotgan ishchilarga noqulaylik tug’diradi, ya`ni bir ish 
o’rnidan ikkinchisiga o’tishlar soni ko’payib ketadi. 
Bu davrning cho’zilib ketishi esa aylanma zadellar hajmining oshib 
ketishiga olib keladi. Shuning uchun samarali xizmat ko’rsatish davrini 
quyidagicha tanlash qabul qilingan: 
-
yirik va o’rtacha kattalikdagi mahsulotlar uchun –1-2 soat; 
-
kichik hajmli mahsulotlar uchun –4-8 soat. 
Xizmat ko’rsatish davri tanlangandan so’ng, shu vaqt oralig’ida har bir 
operasiyadagi ish o’rinlarining ishlash vaqti aniqlanadi. Bu ko’rsatkich ish 
o’rinlarining soni birdan ortiq bo’lgan operasiyalarda ish o’rinlari qanday 
ta`minlanganligini ko’rsatadi. 
Ish o’rinlarini hisoblashda chiqqan sonning kasr qismi, ish bilan to’liq 
ta`minlanganlik koeffisiyentiga teng. Masalan: M
h
= 2,65 bo’lsa, bundan M
q
= 3 kelib chiqadi. Bu yerda ikki ish o’rni 100% ga ish bilan ta`minlangan, 
uchinchisi esa faqat 65% ga ta`minlangan. 
Ish bilan to’liq ta`minlanmagan ish joyining ishlash vaqti quyidagi formula 
orqali hisoblanadi: 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin