Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


4-bob. Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ichki infratuzilmalar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

 


86
4-bob. Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ichki infratuzilmalar 
4.1 Mikroiqtisodiyot tuzilmalarini moliyalash va qo’llab-quvvatlash 
tizimi 
 
Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar jarayoni ko’p jihatdan kichik va 
o’rta biznesni qo’llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish bilan bog’liqdir. 
Kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga olib 
chiqilgan mamlakatlarda, jumladan Germaniya, Yaponiya, AQShda bu 
sohada juda katta muvofaqiyatlarga erishilgan. Chunki kichik va o’rta biznes 
uncha katta bo’lmagan moliyaviy qo’yilmalarni talab etishi va qisqa vaqt 
ichida foyda keltirish bilan ajralib turadi. 
Xorijiy davlatlarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish ko’p jihatdan 
ularni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish 
bilan bog’liq bo’lib kelgan. Masalan, Yaponiyada kichik va o’rta biznesni 
moliyaviy qo’llab-quvvatlash vazifasi yakka tartibdagi biznesni 
moliyalashtirish korparasiyasi, Yaponiya kichik biznes korparasiyasi va Syoko 
Tyukin banki tomonidan amalga oshiriladi. 
Jaxon tajribasi shuni kursatadiki iqtisodiyotni rivojlantirishga ichki yoki 
xorijiy investesiyalarni samarali jalb qilish uchun:
- xususiy mulkchilik daxlsizligi to’g’risida davlat kafolatining mavjudligi; 
- tovar xizmatlar uchun erkin bozorlarning mavjudligi; 
- tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay makro iqtisodiy sharoit yaratilishi 
va soliqlarning yuqori darajada bo’lmasligi; 
- milliy valyuta barqarorligiga erishish kabi asosiy shartlar bajarilishi lozim. 
Yirik tijorat banklari aksiyalarini jismoniy shaxslarga sotish yo’li bilan 
ham moliyaviy manbani shakllantirish mumkin. Aksiyalar sotishdan tushgan 
mablag’larni tadbirkorlik tuzilmalarini moliyalashitirishga yo’naltirish 
investision siyosatni amalga oshirishda yaxshi natija berishi mumkin. 
Nazarimizda, moliyalashtirish: 
- uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar berish; 
- bankning hissadorlik shaklidagi tadbirkorlik tuzilmalarida 50% va undan 
ortiq badallarga ega bo’lishi va uning xo’jaligini yuritishda ishtirok etishi 
hamda ishlab chiqarish loyhalarini amalga oshirishda qatnashishi
- naqd va naqdsiz hisob-kitoblar tizimini soddalashtirish; 
- barcha xo’jalik sub`yektlariga bankdan naqd pulni olishga ruxsat berish 
asosida ular orasida joriy hisob-kitoblarni tezlashtirishga imkoniyat yaratish; 
- banklar tomonidan xususiy tadbirkorlarga jismoniy shaxslar garovi ostida 
kreditlar berilish kabi usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Bunga shuning uchun ham zaruriyat bo’ladiki, kichik tadbirkorlik 
sub`yektlariga kreditlar berish tavakallchilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun, 
bitimlar garov ostida (ko’chmas mulk, tovarlar, qimmatli qog’ozlar) 
rasmiylashtiriladi. Shusababli tadbirkorlik sub`yektlarini moliyaviy ta`minlash 
imkoniyatlari garovli va ipoteka tarzida kreditlar hisobiga kengayib borishi 
mumkin. Garov bo’yicha ish yuritish sarmayadorning faoliyat yuritish kafolati 
va shartnomaviy bitimlarni bajarishi imkonini beradi.
Barqaror va sog’lom moliyaviy tizim rivojlanishini qo’llab-
quvvatlovchi shart-sharoitlar tadbirkorlik tuzilmalarini moliyaviy ta`minlash 
va investisiyalashning ichki imkoniyatlarini kengaytiradi va iqtisodiy o’sishni 


87
ta`minlaydi. Davlat moliyaviy tizimining amal qilish asoslarini makroiqtisodiy 
barqarorlikka erishish bilan birga, huquqiy, hisob yuritish va iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solib, turuvchi tizimlarni yaratish vositasida barpo 
qilinadi. Xo’jalik sub`yektlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishda 
davlatning yuqorida ko’rsatilgan tartibga solib turuvchi tizimlari hamda bozor 
iqtisodiyoti muassasalari rolini hisobga olgan holda o’zaro aloqadorlikni 
quyidagi o’ziga xos model orqali ko’rsatish mumkin. 
Jami daromad Sof foyda 
Soli
qlar
Investisiya
Iste`mol predmetlari va
ishlab chiqarish vasitalari 
4.1-rasm
.
Tadbirkorlik sub`yektlarining moliyaviy mablag’lar aylanmasi 
va uni tartibga solinishi.
*Shujumladan davlat korxonalari va davlat tadbirkorligi muassasalari ham 
kiritiladi
Yirik tijorat banklari va moliyaviy muassasalariga tadbirkorlik 
sub`yektlariga kreditlar berish shart-sharoitlarini mustaqil o’rganishga 
ruxsat berishni amaliyotga kiritish maqsadga muvofiqdir, bu esa kreditlar 
berish tartibini soddalashtirish va unga xo’jalik sub`yektini moliyaviy-
xo’jalik faoliyatiga bog’liq muhim qo’shimchalar kiritishga imkon beradi 
(4.1-rasm). 
Shunday qilib, bank kreditlar berishni maqsadga muvofiqligini 
baholash bilan ish tutadi: u qaysi korxona ishonchli investision istiqbolga 
egaligi yoki mablag’ni o’zlashtira olish imkoniyati chegaralanganligi va 
natijada kreditni qaytara olmasligini aniqlaydi. Bu tahlillar orqali bank o’z 
mablag’larini ko’proq iqtisodiy samara keltiriuvchi kapital qo’yilmalari tomon 
yo’naltiradi. 
Markaziy bank mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq 
kichik va o’rta biznes sub`yektlariga moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida, 
ularga bank kreditlari berishning soddalashtirilgan tartib-qoidalari 
amaliyotini joriy etishni boshlagan edi. Markaziy bank o’zining bu boradagi 
siyosatini takomillashtirib, 2000 yil fevral oyida yakka tartibdagi tadbirkorlar 
va kichik biznes sub`yektlariga tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar 
berish tartiblari to’g’risidagi Nizomlarini amalga kiritdi. Ushbu Nizomlarga 
ko’ra, tijorat banklari tomonidan beriladigan mikrokreditlar uchun 
hisoblanadigan foizlar darajasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish 
stavkasidan oshib ketishi mumkin emasligi belgilangan. 
Tadbirkorlik 
faoliyati 
Tadbirkorlik
sub’yektlari* 
Davlat
Moliyaviy tuzilmalar:
banklar, fondlar, brokyerlik
kompaniyalari 


88
Jamg’armaga ajratilgan mablag’lar miqdori 2002-yilning 1-iyun 
holatiga 21,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. Ushbu mablag’lar tijorat banklari 
tomonidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan 
yuqori bo’lmagan foizlarda to’laligicha investisiya loyihalarini moliyalashga 
yo’naltirildi. Bu esa tadbirkorlarning o’z faoliyatlarini boshlash va 
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 
Shubilan birga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan ta`minlash, 
ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar 
ko’rsatish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2001-yil 10-
sentabrdagi 366-sonli Qarorida tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlagan 
yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko’rsatayotgan dehqon xo’jaliklari, 
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklariga Biznes-fond hamda 
Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari 
hisobidan tijorat banklari orqali dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani 
shakllantirishga kreditlar berilishi belgilandi. Bu tadbir o’z faoliyatni boshlash 
uchun dastlabki mablag’ga ega bo’lmagan tadbirkorlarga amaliy 1-yordam 
berishni yo’lga qo’yish maqsadida joriy etildi. 
Ushbu tartiblar amaliyotiga kiritilganidan keyin yuridik shaxs 
maqomini olmasdan faoliyat ko’rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va 
dehqon xo’jaliklari tijorat banklaridan mikrokredit olish uchun faqatgina 2 ta 
hujjat, yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari 
va kichik biznesning boshqa sub`yektlari esa 3 ta hujjat taqdim etishlari 
kifoya qiladigan bo’ldi. 
Kreditning qaytarilishi ta`minoti sifatida taqdim etish uchun 
tadbirkorda garovga qo’yiladigan mulk yoki uning boshqa turlari mavjud 
bo’lmagan holda, ta`minot sifatida tadbirkor yashayotgan mahalla 
qo’mitasining kafilligini taqdim etish amaliyotiga joriy etildi. Shuningdek, 
tadbirkorlar tomonidan mazkur kredit hisobiga sotib olinayotgan uskunalar 
va mulklar ular qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit ta`minoti 
uchun garov sifatida olinishi mumkinligi belgilab qo’yildi. 
Bundan tashqari, tadbirkorlarning kredit ajratishni so’rab tijorat 
banklariga yozgan arizalirining banklar tomonidan ko’rib chiqilish muddati 
yakka tadbirkorlar arizalari bo’yicha 5 ish kuni va yuridik maqomiga ega 
kichik biznes sub`yektlari uchun 10 ish kuni qilib belgilab qo’yildi. 
Shu bilan birga, tijorat banklarining mazkur sohani qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha faoliyatlarini rag’batlantirish maqsadida, ushbu sohaga ajratgan 
kreditlar miqdori bank aktivlarining 20 foizdan oshgan taqdirda Markaziy 
bankdagi majburiy zaxiralarga ajratmalar o’tkazishdan ozod qilinishi belgilab 
qo’yildi. 
Bularning barchasi respublikada kichik va o’rta biznes hamda yakka 
tadbirkorlik uchun iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit yaratib berishga 
bo’lgan say-harakat hamda ular faoliyatini keng rivojlantirish uchun moliya, 
bank va boshqa bozor tuzilmalarining tadbirkorlar bilan munosabatlarini 
mustahkamlab borayotganliklaridan darak beradi. 
Amalga oshirilgan ana shu aniq chora-tadbirlar natijasida o’tgan yili 
kichik va o’rta biznes sub`yektlariga jami 265 mlrd. so’m, ya`ni 2001-
yildagiga nisbatan 64,2 mlshrd. So’m ko’p miqdorda kreditlar ajratildi. Ushbu 
kreditlarning 66,3 foizi tijorat banklarining o’z mablag’lari, 28,4 foizi xorijiy 


89
kredit liniyalari (so’mdagi ekvivalentda) va 5,3 foizi byudjetdan tashqari 
jamg’arma mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. 
Jumladan, 2002-yil mobaynida tijorat banklarining o’z mablag’lari 
hisobidan kichik va o’rta biznes sub`yektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash 
175,6 mlrd. so’m kredit ajratildi. Bu 2001-yildagiga nisbatan 31,4 mlrd. so’m 
ziyoddir. 
Uning 26,5 foizi sanoatga, 17,6 foizi qishloq xo’jaligiga, 3,9 foizi 
transport, aloqa, maishiy xizmat va aylanma mablag’larni to’ldirishga, 10,1 
foizi qurilishga, 12,9 foizi iste`mol va ta’lim krediti hamda uy-joy 
shirkatlarini moliyaviy qo’llab-quvatlashga yo’naltirildi. Shu bilan birga, 
barcha moliyalash manbalari hisobidan kichik va o’rta biznes sub`yektlariga 
jami 36,9 mlrd. so’m miqdorida mikrokreditlar ajratilgan bo’lsa, uning 76,1 
foizi tijorat banklarining o’z mablag’lari hisobidan berildi. Bu 2001-
yildagiga taqqoslanganda 1,9 barobar ko’p, demakdir. Natijada kichik va 
o’rta biznes sub`yektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan 
kreditlar evaziga jami 54781 ta yangi ish o’rni yaratildi. 
O’tgan yili 77,57 mln AQSh dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari 
o’zlashtirildi. Kichik va o’rta biznes sub`yektlarining loyihalarini moliyalashga 
yo’naltirilgan jami xorijiy kredit liniyalari miqdori esa 356,09 mln AQSh 
dollarini tashkil etdi. Mazkur ajratilgan kreditlar hisobiga respublikamizda 
xalq iste`mol tovarlari, ehtiyot qismlar, qishloq xo’jalik mahsulotlari va ularni 
qayta ishlovchi asbob-uskunalar, servis xizmatlari hamda eksport ehtiyojlari 
uchun zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, tashqi va ichki 
bozorlarda sotilmoqda. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin