Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Korxona bo’limlari va ish o’rinlarini material resurslar bilan



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Korxona bo’limlari va ish o’rinlarini material resurslar bilan 
ta`minlash. 
Material resurslarni qabul qilib olingandan so’ng ta`minotning 
eng mas’uliyatli bosqichi, har bir sex uchastka, ish o’rnini o’z vaqtida zaruriy 
materiallar bilan ta`minlash bosqichi boshlanadi. Korxonaning ta`minot 
bo’limi ta`minotchilar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini moliyaviy
munosobatlarini nazorat qilib boradilar. Shartnomalar bajarilishini hisobga
olish uchun korxonalarda hisobot kartochkalari tuziladi. Ularda material 
nomi, shartnomalarda ko’rsatilgan material hajmi va haqiqiy keltirilgan 
miqdori ko’rsatiladi. Hozirgi paytda korxonalarda ushbu ishlar 
kompyuterlashtirilishi hisobiga sifat darajasi oshib borishiga erishilmoqda. 
Korxona ta`minot bo’limlarining ishlashiga bo’linmalarni zaruriy 
materiallar bilan ta`minlashi borasidagi ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- material resurslarni omborlarga keltirishni sifat va miqdor jihatdan
nazorat qilish, saqlash uchun joylashtirishni tashkil etish; 
- yetishmayotgan materiallarni aniqlash va xususiy holda ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish; 
-
materiallarni sifat va miqdor jihatdan saqlashni tashkil etish; 
-
omborxonalarda dastlabki ishlab chiqarish operasiyalarini amalga
oshirish; 
-
material zapaslarni boshqarish - ularning o’lchamlarini muntazam
nazorat qilish, ularning normativ darajasini saqlash uchun operativ
choralar ko’rish; 


94
-
sexlarni zaruriy materiallar bilan ta`minlash; 
-
material texnik resurslardan tejab foydalanishni nazorat qilish; 
-
MTT bo’yicha hisobotlar olib boorish. 
MTT operativ rejalashtirish tarzida korxona struktura bo’linmalaridan 
har kvartal boshlanishidan materiallarga buyurtma yig’iladi, 
umumlashtiriladi va kvartallik reja tuziladi va uning asosida ta`minotchi
bilan material resurslar assortimenti va keltirish muddatlari
aniqlashtiriladi. 
Kvartallik ta`minot rejasi asosida oylik material keltirish rejalari
tuziladi. Oylik rejalar transport vositalari foydalanish grafigini ishlab 
chiqarish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
MTT bo’linmalarining ishlab chiqarish uzluksizligini ta`minlash borasida 
olib boradigan operativ faoliyatida moddiy texnik resurslarni keltirishning 
turli manbalarini jalb etishning ahamiyati katta: 
-
yetishmayotgan material-texnik resurslarni magazinlar, bazalar, 
omborlardan sotib olish; 
-
materialni iqtisod qilish bilan bog’liq ichki imkoniyatlarni topish; 
-
qayta ishlash – materiallarni yaqinda joylashgan boshqa korxonalarga 
topshirib, ulardan zaruriy materiallarni olish; 
-
yetishmayotgan detal va bo’g’inlarni korxonaning o’z kuchi bilan ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’yish; 
-
materiallarni boshqasi bilan almashtirish. 
Yirik sanoat korxonalarida (tikuvchilik korxonasida) material omborlarida 
materiallarni sex uchastkalarga uzatish uchun tayyorlash ishlari ham amalga 
oshiriladi. Buning uchun omborxonalar zaruriy jihozlar bilan ta`minlanadi, 
ularning tarkibida markazlashtirilgan bichuv sexi tashkil etadi. Bu 
materiallarni iqtisod qilishga, ishlab chiqarish maydonlaridan jihozlardan, 
ishchi kuchidan samarali foydalanishga, transport xarajatlarini kamaytirishga, 
materiallarni saqlanishini nazorat qilish tizimini mustahkamlashga olib 
keladi. 
MTTda qulaylik yaratish uchun iste`mol qilinadigan materiallar turi, 
markasi, ishlatilish maqsadiga ko’ra turkumlanadi (indekslantiriladi). 
Materiallar markazlashgan yoki maxsus omborxonalarga keltiriladi, so’ngra u 
yerdan sex ustaxona omborxonalariga jo’natiladi. Agar material korxonaning 
faqat bir bo’limida iste`mol qilinsa, u holda bevosita shu bo’lim 
omborxonasiga keltiriladi. 
Materiallashgan omborxonalardan materiallar sexlarga oylik buyurtma 
bo’yicha nakladnoylar asosida uzatiladi. MTT yaxshi yo’lga qo’yilgan 
korxonalarda materiallar limit kartalari asosida ishlab chiqarish dasturi va saf 
normalari asosida aniqlangan oylik iste`molning maksimal miqdorini 
ko’rsatadi. Unda limitni belgilagan shaxsning, materialni olishga ruxsat etgan 
shaxsning imzosi bo’lib, material olingandan so’ng belgi qo’yiladi. Limitni 
belgilashda korxonaning texnik xizmat bo’limlari: texnik bo’lim, bosh 
mexanik va energetik bo’limlari ishtirok etadi. 
Limit karta nafaqat materiallarni uzatish uchun asos, balki ularni to’g’ri 
sarflanishini, belgilangan normalarga rioya qilinishini nazorat qilish hujjati 
hamdir. Materiallarni sexlarga uzatishning yana bir ilg’or usullaridan biri 
material-reja kartalari bo’yicha tarqatish bo’lib, unda oylik limitni berish 


95
bilan bir qatorda uzatish muddatlari bo’yicha taqsimoti ham ko’rsatiladi. 
Sexlarga materiallar haqiqiy sarf hamda mavjud qoldiqlarga ko’ra uzatiladi. 
Materiallarni qabul qilish, sarflash to’g’risidagi hisobot korxonaning 
struktura bo’linmalaridan boshlanadi; ushbu hisobotlar korxona ta`minot 
bo’limlariga ichki ta`minot rejalarini korrektirovka qilish, materiallarni sexlar 
bo’yicha ayirboshlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Limit kartalar faqat asosiy materiallarga tuziladi, qolgan materiallar
talabnomaga asosan beriladi: 
-
zaruriy hujjatning mavjudligi; 
-
materiallarning faqat moddiy javobgar shaxslarga berilishi; 
-
materiallarni tarqatishda barcha operasiyalarni zarur hisob hujjatlarida 
belgilash; 
-
uzatilayotgan materiallarni sifat va miqdor jihatidan nazorat qilish. 
Uchastka va ish o’rinlari material resurslar bilan sexdagi omborxonalar 
orqali ta`minlanadi.
Ushbu omborxonalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-
korxananing markaziy omborxanasi yoki bevosita ta`minotchilaridan 
keltirilgan materialchilarni qabul qilish; 
-
ularni saqlash uchun joylashtirish;
-
materiallarni sifat va miqdor jihatdan saqlash uchun sharoit yaratish;
-
materiallarni ishlab chiqarish uchastkasi yoki ish o’rniga uzatish; 
-
material sarfi bo’yicha hisobot olib borish. 
Materiallarni sex omborxonalaridan ishlab chiqarish uchastkasi va ish 
o’rinlariga uzatish ishlab chiqariladigan mahsulot xarakteri sistemada amalga 
oshiriladi. Bulardan keng tarqalgani materiallarni brigadirga topshirish 
hisoblanadi. Brigadir esa ishchilarga sarf normalariga asosan tarqatadi. 
Korxona ta`minot bo’limlari ishlab chiqarish bo’limlarini material resurslar 
bilan ta`minlash bilan cheklanib qolmaydi, ishlab chiqarish zahiralarini 
saqlashga ham e`tibor qaratishlari lozim. Zahiralarni nazorat qilib borish, 
ularni normativ darajaga yetkazish va shu darajada saqlashni ta`minlash 
ta`minot bo’limining funksiyasi hisoblanadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin