118
Korxonaning o’lchov ko’rsatkichlariga uning ishlab chiqarish maydoni, ishlab
chiqarishda bevosita qatnashuvchi ishchilar
yoki umumiy ishlovchilar soni,
loyiha bo’yicha korxonaning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, real
jismoniy kapitallarning jami qiymati yoki ularning ishlab chiqarishda
bevosita ishtirok etuvchi qismining qiymati va boshqalar. Quvvat ko’rsatkichi
odatda korxonaning natural ko’rinishdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog’liqdir. Bunda faqat amalda qo’shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi
hisobga olinadi. Bu tavsiflashlar faqatgina korxona to’g’risida umumiy
tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi, lekin uning to’la ishlab chiqarish
imkoniyatlari borasida to’liq axborot bera olmaydi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o’tish davrida korxonalar
o’zlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatidan
va asosiy sarmoyasidan
foydalanish samaradorligini oshirish masalasi muhim o’rin tutmoqda. Bu
masalaning ijobiy hal etilishi korxonalarning tarmoq ishlab chiqarishdagi
o’rni, uning moliyaviy ahvoli va bozordagi raqobatbardoshligiga bog’liqdir.
Korxonaning asosiy sarmoyasi hajmi va undan foydalanish darajasi
korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi.
Uchinchidan, korxonaning kadrlar yoki mehnat resurslardan samarali
foydalanishi. Korxona kadrlari yoki mehnat resurslarini
boshqarish bular shu
korxonaning xodimlari ro’yxatiga kiruvchi turli sohada mehnat qiluvchi
mutaxassislardan iborat bo’lib, ularni yagona bosh maqsad sari manfaatdorlik
asosida yo’naltirishdan iborat.
To’rtinchidan, rahbariyatning korxona umumiy faoliyatini oqilona
rejalashtirishi. Bu ko’p jihatdan butun boshqarish tizimining
samaradorligini
belgilab beradi. Korxonalarda ishlab chiqarishni rejalashtirish - ishlab
chiqarish jarayonining kelajakdagi o’sishini va uning natijalarini
bosqichma-bosqich aniq ko’ra bilish va dasturlashdir. Bunda ilmiy axborot
resurslarini tahlil
etish asosida korxona rejasi, ishlovchilar faoliyati, moddiy
va moliyaviy resurslar hisobga olinadi.
Beshinchidan, korxonada ishlab chiqarishni boshqarish va uni tartibga
solib turli hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida
murakkab tizimni
mujassamlashtirgan. Bular boshqarish mexanizmini tashkil qiluvchi tizimlar,
korxona faoliyatida qatnashuvchi barcha bo’g’inlar va ishlovchilar o’rtasidagi
o’zaro munosabatlardan iboratdir.
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi unda qatnashuvchi barcha
bo’g’inlar faoliyatini bog’lab turuvchi bir butun mexanizmdir. Bunda barcha
bo’g’inlar o’zlariga biriktirilgan vazifalarni boshqa bo’g’inlardagi
vazifalar
bilan bog’liqlikda amalga oshiradilar.
Albatta, bunday mexanizmda tadbirkorlik qobiliyati va innovasion muhit
shakllangan bo’lmog’i lozim. Chunki bu hozirgi kunning talabi bo’libgina
qolmasdan, balki iqtisodiy salohiyatni shakllantirishning eng asosiy
Dostları ilə paylaş: