www.ziyouz.com кутубхонаси
12
Darvesh va muttaham xizmatchi Bir darvesh sayohatga chiqdi.Aylanib borib darveshlar xonaqosida qo‘noq bo‘ldi.
Uning eshagini xizmatchilar og‘ilxonaga bog‘ladi, darveshni ham xonaqoning to‘riga
o‘tqizdilar. Maroqli suhbat bo‘ldi, so‘ngra dasturxonlar yig‘ildi. Darvesh shu payt juda
sevadigan, zahmatkash eshagini esladi va xizmatchiga eshagini yaxshi parvarish qilib,
unga yem berishlarini aytdi. Xizmatchi:
"Lahavla, bu nima deganingiz. Albatta bu mening vazifam, parvarish ham qilaman,
arpa ham beraman",dedi.
Darvesh, ko‘ngli to‘lmay qayta: "Aybga buyurma, u sening ishing ekanini bilaman.
Faqat eshagim biroz qarigan, tishlari ham sog‘lom emas. Avval arpani ivit, biroz
yumshasin, keyin somon bilan aralashtir".
Xizmatchi yana:
"La havla...", dedi.
Qisqasi darvesh qaysi payt ish buyursa, xizmatchi La havla..." ni qayta-qayta aytar,
ammo eshakka na somon, na bir hovuch arpa berardi. Bechora eshak och, suvsiz, og‘il
xonada bazo‘r tong ottirdi. Darvesh esa xizmatchidan ko‘ngli to‘q, xotirjam uyquga
ketdi.
Tushida xaddidan oshgan bir bo‘ri eshagiga hamla qilayotganini ko‘rdi va shu zahoti
ko‘zini ochdi.
"Ishkilib, yaxshilikka bo‘lsin!" deb, yana uyquga ketdi. Bu safar eshagining yotib
qolganini ko‘rdi. Shu tariqa tunni ming bir vasvasa bilan o‘tkazdi.
Tong paytida xizmatchi eshakni eslab, og‘ilxonaga bordi. Qarasa, eshak ochlik va
suvsizlikdan paripyun bo‘lib yerda uzanib yotardi. Xizmatchi qo‘liga tayoq olib eshakni
ura ketdi. Eshak bazo‘r oyoqqa turdi. Xizmatchi tezda eshakning to‘qimini to‘g‘rilab,
qayishini bog‘ladi. So‘ng xonaqo oldiga olib bordi. Darvesh mezbonlar bilan xayrlashdi,
so‘ng eshagini niqtadi.
Eshak bir oz yo‘rg‘alagach qoqilib erga yiqildi ko‘rganlar yugurib kelib darveshni ham,
eshagini ham turg‘izdilar. Ammo, eshak yana yotib oldi. Kimdir eshakning bo‘ynidan
tortdi, kimdir qulog‘ini bukdi. Foydasi bo‘lmadi... Darveshga: "Bu ne hol? Eshagingni bir
dardi bordirki, yotib qoldi", dedilar.
Darvesh holatni tushundi va bunday dedi: "Kechasi bilan "la havla..." yegan eshak
yursa, shuncha yuradida. Ozig‘i kechasi "la havla..." bo‘lsa, tasbeh o‘girib tursa, kunduzi
mana shunday sajda qiladi..."