“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
19
mehmonlarim bo‘lib yeb ichasizlar, dedi.
Bu taklif ularga ma’qul keldi. So‘fini: "ket bu yerdan, sen bilan do‘st bo‘lishni
istamaymiz", deb haydashdi. So‘fi uzoqlashgach, bog‘bon uni tutib oldi va:
— Hoy, sen ko‘ppak Bog‘imga kirishga qanday jur’at etding, senga bu yo‘lni qaysi
shayx ko‘rsatdi deya uni rosa do‘pposladi.
Bog‘bon boqqa qaytdi. Endi sharifga qarab: aziz do‘stim. Hoynahoy ochqagandirsan.
Senga kichkina bir xizmat; mening uyimga bor. Xizmatkorimga ayt yupqa non bilan
qazi bersin. Olib kelsang, uchchalamiz qorinni to‘ydiramiz, dedi. Og‘zidan so‘lagi oqqan
sharif bog‘bonning uyiga ravona bo‘ldi. Bu orada bog‘bon fakihga:
— Mana bu sharif deganingiz bema’ni odam. O’zini payg‘ambar avlodidan deb da’vo
qiladi. Onasi qanday ayol bo‘lgan, kim biladi? Sen aqlli, bilimli, ko‘pni ko‘rgan odam
bo‘lsang, qanday qilib, unga ishonib, yoningda olib yuribsan? deyishi bilan faqihning
ichiga go‘yo bir qurt o‘raladi. Sharif kelar kelmas so‘ka boshladi:
— Hoy yolg‘onchi, bu boqqa seni kim chaqirdi?O’g‘rilik senga kimdan meros qolgan?
Arslon bolasi, arslonga o‘xshar. Qani menga aytchi, sen payg‘ambarga qaysi tomondan
o‘xshaysan? dedi va yana bir qancha achchiq gaplar aytdi. Uni oldiga solib haydadi.
Bog‘bonning istagani bo‘ldi faqih yolg‘iz qoldi. Ta yoqni qo‘liga oldi va:
— Ey noshud faqih sening fatvong boqqa ruxsatsiz kirishmi? Buni qaysi huquq
kitobida, qaysi qonunda o‘qiding? deb faqihni ura boshladi.
Bog‘bon gapirib urar, urib gapirar edi. Bechora faqih boshiga har tayoq tushganda:
— Ur, uraver, fursat g‘animat... Do‘stlaridan ayrilganning kuni shu, haqqi esa
tayoqtir. Ur.., deya ingrardi.
Dostları ilə paylaş: