www.ziyouz.com кутубхонаси
25
Farmon sultonimdandir, deb bir burchakka chekindi. Ittifoqo, sulton tezda devonni
to‘pladi. O’rtaga juda qimmatbaho javohirni qo‘ydi. Vazirdan so‘radi:
— Buning bahosi qancha? Vazir javohirni qo‘liga olib,uyog‘iga,buyog‘iga qaradi.
— Yuz xachir oltin qiymatidadir, javobini berdi. Sulton:
— Unday bo‘lsa sindir deya amr berdi.
Vazir:
— Bu qimmatbaho javohirni qanday sindiraman? Bunga qo‘lim bormaydi, dedi.
Sulton unga zarrin to‘n kiydirdi. Yana bir mulozimni chaqirdi:
— Bu javohir qanday qiymatda?
— Bir yurtning yarmisi qiymatidadir, sultonim.
— Sindir buni.
— Sultonim, gunoh bo‘ladi. Bunga qo‘lim bormaydi.
Sulton kimga "Javohirni sindir" degan bo‘lsa, hech kim bunga jur’at qilmadi. navbat
Ayozga keldi. Sulton:
— Ey Ayoz! Sen ayt, bu javohirning qiymatini? Ayoz boshini egdi:
— Qiymatini baholashga kuchim yetmaydi.
Shu vaqtda sulton baland ovoz bilan amr qildi:
— Uni sindir, parchala!
Ayoz o‘sha yerdagi yilt yilt qilib nur sochib turgan javohirni qo‘liga oldi va erga urdi
.Javohir chil chil sindi. O’sha vaqt hamma hayqirib yubordi:
— Bu boylikni parchalashga qanday qo‘ling bordi? Bu qanaqasi?
Ayoz javob berdi:
— Ey vazirlar, amirlar sultonning amri ustunmi, javohirning qiymatimi? Mening
ko‘zim podshohdan boshqani ko‘rmaydi. Men uchun toshdan ko‘ra podshohning so‘zi
muhim. Tosh parchasini ustun ko‘rib sulton amrini bajarmagan odamdan yaxshilik
chiqmaydi.
Birozdan keyin sulton amr berdi:
— Jallodni chaqiring. Mening devonimni bunday pastkash odamlardan tozalasin. Bir
tosh uchun mening amrimni bajarmaganlar bu yerga loyiq emasdir.
Ayoz o‘rtaga otildi:
— Ey karam sohibi, buyuk yeulton butun jahonning lutf va ehsonlari sizning
buyukligingiz oldida yo‘q bo‘ladi. Ularni kechiring, bir marotaba afv eting...
Ayozning yolvorishlari bilan sulton ularning gunohidan o‘tdi.