www.ziyouz.com кутубхонаси
28
Xushbo‘y hidlardan hushidan ketgan odam Bir odam katta shaharga keldi. Bozordagi atir upalar sotadigan attorlik do‘konlari
tomonga burildi. Do‘konlardan gul, binafsha, atirhidlari ufurib turardi. Bir ikki qadam
yurgach, bu xushbo‘y hidlardan uning boshi aylandi. Oxiri hushidan ketdi.
Olomon uning ustida to‘plandi. Biri yuragini, biri bilagini uqalar, kimdir yuziga gul
suvi separdi. Qancha harakat qilishmasin, bemor hushiga kelmadi. Atirlar, gul suvlarini
boshidan quyishar, ammo odam hech o‘ziga kelmasdi. Chorasiz qoldilar. Atrofdagilarga
jar solib, qarindoshlarini qidira boshladilar. Ammo hech kim ega chiqmadi, ancha vaqt
o‘tsa ham u o‘ziga kelmasdi. Oqshomga yaqin bu yerdan o‘tib ketayotgan bir teri
oshlovchi hushidan ketgan odamni tanidi. Olomonga qarab shunday dedi: 'To‘xtang,
unga gul suvini sepmang. Men uning nega xasta ekanini bilaman. Siz unga tegmay
turing, men hozir kelaman" deya uzoqlashdi. Bir vayronaga kirib bir hovuch it tezagini
olib qaytib keldi va tezlik bilan tezakni hushidan ketgan odamning burniga tutdi. Hayrat
haligi kishi o‘ziga kela boshladi. Birozdan so‘ng oyoqqa ham turdi. Teri oshlovchi bilan
birgalashib ketishdi. Hushidan ketgan odam ham teri oshlovchi edi. Yillar mobaynida
terilar orasida yomon hidlarga o‘rganib qolgan bu odam attorlik do‘konlaridan taralib
turgan hushbo‘y hidlarga dosh berolmay hushidan ketgan edi.
Mening yo‘qligim uning borligi Bir kun pashsha Yaman o‘lkasining podshohi payg‘ambar Sulaymonning huzuriga
keldi va unga arzini aytib yolvordi:
— Ey insu jinlar sultoni, ey butun mavjudotlarga, suvga, olovga, shamolga hukm eta
oladigan Sulaymon... Sening adolating dunyoga yoyilgan. Qurt qumursqa, qushlar u
baliqlar sening adolatingga yukinadilar. Bizga ham insof va marhamat dengizingdan
ehsonlar ber, haq huquqlarimizni qo‘riqla. Judayam ahvolimiz tang, nabot‘dan nasibimiz
bor, na bir gulzorlarla rohatlana olamiz... Sen zaiflarga, nochorlarga yordam berasan.
Bizni ham bu g‘amdan qutqar, deb yolvoribdi.
Hazrati Sulaymon barmog‘i ustiga qo‘ngan pashshaga:
— So‘yla, kimdan shikoyat qilarsan? Bizning zamonimizda zolim bormi, senga zulm
qilsalar, sening haqqingni yesalar? — dedi.
Pashsha boshini eggancha javob berdi:
— Mening shikoyatim shamoldan. U bizga juda zulm qilmoqda. Uning dastidan huzur
halovatimiz yo‘q... Qaerga bormaylik bizni somondek uchirib ketadi, dedi.
Hazrati Sulaymon:
— Ey go‘zal ovozli pashsha, Tangri menga: «Da’vogarlar hozir bo‘lmaguncha hech
kimsaning shikoyatini tinglama», deya amr etdi. ikki davogar ham hozir bo‘lmaguncha
kim haq, kim nohaq ekanini qayerdan bilaman. Hozircha ket, shikoyatingni qaytib ol,
keyin kel, — dedi.
Shunda pashsha:
— So‘zingiz to‘g‘ri, ammo u ham sizning huzuringizda. Buyuring, u ham kelsin, —
dedi.
Bunga javoban Hazrati Sulaymon shamolga murojaat qildi:
— Ey shahar yeli, pashsha sening zulmingdan shikoyat qilmoqda. Kel,
shikoyatchining qarshisiga o‘tir va unga javob ber! — dedi.
Shamol bu amrga binoan yelib keldi. Lekin endi pashshani joyidan topib bo‘larmikin!
Hazrati Sulaymon uning ortidan:
“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com кутубхонаси
29
— Ey pashsha, qaerga? Ketma, joyingda tur, ikkingizni ham tinglab, so‘ngra hukm
chiqarayin, — dedi.
Pashsha ham qochar, ham javob berardi:
— Podshohim, mening yo‘qligim, uning borligi. U kelgach, men qanday qilib bu yerda
bo‘layin. Menga choh qazigan o‘sha shamoldir...