“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
tariqa xonaqohlarga tushgan Tangri musofirining ko‘nglini ko‘garadilar. Tong otgach esa
Alloh karim...
Eshak tez sotildi. Puliga har xil yeguliklar olib kelindi. Shamlar yoqildi. "Bu kecha
xonaqohga kelgan mehmon sharafiga ziyofat bor. Samo raqsi bo‘ladi", deya hamma
yoqqa xabar berdilar. Haqiqatdan ham tunda katga majlis bo‘ldi.
So‘fi xursand, o‘ziga ko‘rsatilgan iltifot, siylov tufayli boshi osmonda, chapak chalar,
goh oyoqqa turib samo raqsiga berilar edi. Majlis oxirida sozandalar va xonandalar:
"Eshak ketdi, eshak ketdi" deya ohangli bir naqorat ayta boshladilar! Mehmon so‘fi ham
ularga qo‘shilib baqirar, hatto, ovozi ularnikidan balandroq chiqardi.
Shundan keyin charchab, hammasi tarqalishdi. Tong otganda so‘fi yo‘lga chiqishga
tayyorgarlik ko‘rdi. Ashyolarini to‘plab og‘ilxonaga tushdi. Ne ko‘z bilan korsinki, eshak
yo‘q. Og‘il bo‘m bo‘sh.
"Balki eshagimni sug‘orish uchun tashqariga chiqargan bo‘lsa kerak, birozdan keyin
olib kelishadi", deya o‘yladi. Xizmatkor kelganda so‘fi:
— Eshak kaerda? deya so‘radi. Xizmatkor kulib dediki:
— Qaysi eshakni so‘rayapsan? So‘fi hayron:
— Qaysi eshak bo‘lardi? Kecha senga o‘z qo‘lim bilan topshirgan eshaknida. Senga
bergan edimku? Inkor qilsang, mana mahkama!
Xizmatkor bo‘yin egdi va:
— Kecha tunda darveshlarning hammasi meni qistovga olib, eshagingni qo‘limdan
oldilar, olib borib sotdilar. Men nima ham qila olardim? dedi.
So‘fi:
— Yaxshi, ammo.nega xabar bermading? Agar menga aytsang, eshakni kim olgan
bo‘lsa, undan qaytarib olardim, deganida, xizmatkor chiday olmadi va:
— Vallohi, senga aytish uchun necha marta keldim, sen: "Eshak ketdi, eshak ketdi"
deya baqirayotganding, xursand holda qarsak chalayotganding. Men bu shodon holingni
ko‘rib rozi ekanda, deb o‘yladim va orqamga qaytdim.
So‘fining aqli joyiga keldi va:
— Ularning hammasi yoqimli kuylayotgandi. Mening ham zavqim kelib, qo‘shilib
aytdim. Haqiqatdan bunday bo‘lganini bilmagandim deya qayg‘uga botdi.
Dostları ilə paylaş: