“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
18
Jarchilarni chaqirtirib shu amrni berdi:
— Bu odamni shaharda aylantiring, bu ahmoq va muttaham darbadardir" deya e’lon
qiling. Hech kim unga qarz bermasin, narsa sotmasin.
Jarchilar odamni mahkam bog‘ladilar. Uni shu yerdan o‘tayotgan bir o‘tinchining
tuyasiga mindirdilar. Tuyakash:
— Rahm kdlinglar, mening ishim bor, desa ham hech kim quloq osmadi, eshitmadi.
Tuyaning tizginini qo‘liga berdilar. Jarchilar dovul chalib, shaharni aylandilar. Xalqqa:
"Ey odamlar, shu tuyaga mingan odamni yaxshi tanib oling. Bu odam hiylagar,
mutgaham, darbadardir. Unga nasiyaga narsa sotmang, qarzga pul bermang. Hatto
sizga, sotish uchun ho‘kiz keltirsa ham ishonmang. Agar aldanib, bu odamdan da’vo
qilsangiz, hech qanday jazoga tortilmaydi, zindonga ham tashlanmaydi. Yaxshilab ko‘rib,
tanib oling!" deya e’lon kilishardi. Shu holatda maydonlarni, ko‘chalarni kezdilar.
Qorong‘u tushgach, odamni tuyadan tushirib qo‘yib yubordilar. Tuyakash darhol
darbadar odamning yoqasiga yopishdi:
Hoy qayoqqa ketyapsan? Kechgacha seni bekorga aylantirdimmi? Insofing bormi?
Hech bo‘lmasa tuyamning somon pulini berib ket... dedi.
Darbadar odam tuyakashga shunday dedi:
— Ey, senda o‘zi aql bormi? Biz kechgacha nima deb aylandik... Qulog‘ing tom
bitganmi? Dovul chalib jarchilar tomoqlarini yirtdilarku. "Bu odam darbadar, puli yo‘q,
aldanmang", deya yetti qavat osmonga eshittirdilar. Ajabo, sening qulog‘ing ta’magirlik
bilan to‘lganmi? Ta’magirlik insonni ham kar, ham ko‘r qiladi
Tuyakash turgan joyida qotib qoldi.
Dostları ilə paylaş: