Ahmoqning sevgisi O’rmonda ayiqni katta bir bo‘g‘ma ilon bo‘g‘ar, belidan o‘rab olib siqardi. Ayiq esa jon
holatda baqirardi. Shu payt o‘tib ketayotgan o‘tinchi ayiq holini ko‘rdi va tezlik bilan
qilichini chiqarib, ilonni ikkiga bo‘lib tashladi. Shunday qilib, o‘tinchi ayiqni o‘limdan
qutqarib qoldi.
Ayiq endi o‘tinchining orqasidan qolmas, o‘ziga qilingan yaxhlikka javoban o‘tinchi
bilan bo‘lishni, unga xizmat qilishni istardi. O’tinchi ayiqqa necha marta orqasidan
yurmaslikni aytsa ham, ayiq ahdidan voz kechmas, sodiq bir itdek uyining eshigi oldida
uni kutardi. Buni ko‘rgan qo‘ni qo‘shni o‘tinchiga:
— Ey baraka topgur, ayiqning do‘stligiga ishonib bo‘lmaydi. Ahmoqning do‘stligi
dushmanliqtan battardir. Hamjinslaring qolib, ayiqqa ishonma. Uni daf qil, ketsin...
dedilar. O’tinchi o‘zicha: "Meni ayiqtan qizg‘anishyapti, mening baquvvat yordamchim
borligiga hasad qilishyapti. Har holda, bir birlari bilan kelishib olib ayiqtan meni
sovutmoqchi bular", deya o‘ylab ularning gaplariga quloq solmadi.
O’tinchi bir kuni ayiq bilan birga o‘rmonga o‘tin kesishga ketdi. Biroz ishlagach,
o‘tinchi dam olish uchun daraxt soyasiga yotdi. Ayiquning yonida qo‘riqchilik qila
boshladi. Bir mahal xira pashsha kelib o‘tinchining yuziga qo‘ndi. Ayiq do‘stiga yaxshilik
qilish uchun pashshani quvladi, lekin pashsha o‘tinchining yuziga qayta qo‘ndi, ayiq uni
yana quvladi. Pashsha havoda bir doira chizib uchgandan so‘ng yana o‘tinchining yuziga
qo‘ndi. Ayiq qancha urinmasin pashsha o‘tinchidan aslo uzoqlashmasdi. Ayiqning jaxdi
chiqti. "Pashshani o‘ldirishdan boshqa chora yo‘q", deb o‘yladi va yugurib borib kattakon
bir toshni olib, pashshani o‘ldirish uchun bor kuchi bilan o‘tinchining yuziga otdi. Tosh
o‘tinchining yuzini majaqlab yubordi...