“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
22
Savdogar bu holni ko‘rar ko‘rmas: "E voh!" debdi. "Ey go‘zal to‘giqushim, ey yoqimli
ovozligim, ey qalbim nash’asi, senga nima bo‘ldi? Eh, afsus", deb nola chekibdi.
To‘giqushni qafasdan chiqaribdi. Shunda to‘giqush banogoh qanot yozib uchib
ketibdi. Savdogar hayron bo‘lib to‘tiqushga debdi: "Ey bu ne hol? Nimalar bo‘lyapti?"
To‘tiqush quvnoq ohangda javob beribdi: "Hindistondagi to‘tiqush o‘z harakati bilan
menga nasihat berdi. Aytdiki: gapirishni, sayrashni qo‘y. Chunki sen qafasdasan. So‘ng
o‘zingni o‘lganga solib, Men qilgan ishni qil. Men kabi o‘zingni o‘lganga solsang, qafasdan
qutulasan", demoqchi bo‘lgan". To‘tiqush shu gaplarni aytib, uchib ketibdi.
Dostları ilə paylaş: