Chumchuqning ovchiga o‘giti Bir ovchi chumchuqqa tuzoqqo‘ydi. Bir chumchuqni tutdi. Ovlangan chumchuq tilga
kirib dediki:
— Ey ovchi sen shu vaqtgacha qo‘ylar, sigirlar yeding. Ular bilan to‘ymading. Endi
mening arzimas go‘shtimga to‘yasanmi? Meni qo‘yib yubor, evaziga senga foydali uchta
o‘git aytaman... Bu o‘gitlardan birini qo‘lingda, qolganini esa daraxtda so‘ylayman.
Ovchi: "Yaxshi", dedi. Chumchuq ilk maslahatni berdi: bo‘lmaydigan narsaga, kim
so‘ylasa so‘ylasin, ishonma.
Ovchi ikkinchi o‘gitni eshitish uchun chumchuqni qo‘yvordi. Chumchuq tomga qo‘ndi,
ikkinchi o‘gitni aytdi:
— O’tgan ketgan narsalar uchun g‘am yema. Fursatni boy bersang, xafa bo‘lma.
Ayni paytdagi vaqtning bahosini bil. Pushaymonlik bilan vaqt o‘tkazma...
So‘ngra qo‘shimcha qildi:
— Ey ovchi, mening qornimda o‘n dirhamga teng bebaho inju bor edi. Senga ham,
sendan keyinshlarga ham etardi. Afsus, qismating ekan, qo‘ldan qochirding. Bu injuning
dunyoda boshqa bir tengi bo‘lmas.
Ovchi:
— Oh nima qilib qo‘ydim, nima uchun qo‘yib yubordim a? deya qayg‘urib yig‘lay
boshladi. Shu payt chumchuq:
— Ey, nimaga baqirib yig‘layapsan. Men senga o‘tgan ketgan narsalar uchun g‘am
yema. Fursatni yo‘qotsang, xafa bo‘lma deya o‘git bermadimmi? So‘nfa senga yana
aytmadimmi: "Bo‘lmagan narsaga kim so‘ylasa so‘ylasin, ishonma" deya. Qanaqa anqov
odamsan... Men o‘zim uch dirham chiqmayman. Qanday qilib qornimda o‘n dirhamlik
inju bo'ladi?...
Ovchining hushi joyiga keldi. Ziyrak qushga qarab dedi:
— Yaxshi, shu uchinchi go‘zal o‘giting nima? uni ham so‘yla ayt!
Chumchuq devordan o‘tib daraxtga qo‘ndi. masxarali bir ohangda:
— Ey baraka topgur, ikki o‘gitimga amal qilmading, uchinchini nima qilasan?
“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com кутубхонаси
27
qo'yaver, vaqtimni olma, deya uchib ketdi.
Ovchi qotib qolgandi.