“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
— Tuyaning ustidagi qoplarda nima bor? Badaviy:
— Birisida to‘la bug‘doy, birisida qum.
— Nega qum to‘ldirding? Badaviy javob berdi:
— U qop bo‘shqolmasin. Tuyaning ustida muvozanatni saqlasin deb.
Faylasuf badaviyga:
— Aqlingni ishlatib bu bug‘doyning yarmini bu qopga, boshqa yarmini esa u tarafdagi
qopga qo‘ysang, ham tuyaning yuki yengillashardi, ham qoplarning, debdi. Badaviyga bu
fikr ma’qul tushibdi.
— To‘g‘ri o‘ylamagan ekanman..., - deb shunday qilibdi. Turib turib bu darajadagi
aqlli odamga qiziqib qolibdi. Qanday qilib bu aqlli odam shunday parishon holda yuribdi
ekan, deb o‘ylabdi. Qiziqishini yashirmay so‘rabdi:
— Ey aqlli odam, senda shuncha aql, shuncha fikr bor ekan, nega yayov yurib
o‘zingni charchatyapsan? Bu aqling bilan sen yo sultonsan, yo vazirsan. To‘g‘risini ayt,
kimsan?
Faylasuf javob berdi:
— Ikkisi ham emasman, oddiy bir odamman. Badaviy yana so‘radi:
— Qancha tuya, qancha ho‘kizing bor?
— Hech qancha.
— Yaxshi, do‘koningdagi mollarchi? undan gapir?
— Mening na do‘konim, na yerim, na yurtim bor. Men faylasufman.
— U holda qancha puling bor?
Pul u yoqda tursin, hatto non olishga bir chaqam ham yo‘q. Yalang oyoq,
boshpanasizman. Bu qadar hikmat va ilmdan fakat xayol va bosh og‘rig‘ini topdim.
Badaviy bu gapdan jahdi chiqibdi:
— Yo‘qol, ket bu yerdan. Sening ilming, nasihating menga ham zarar keltiradi,
boshimni og‘ritadi. Sen shu yo‘ldan ket, men bu yo‘ldan. Bir qopimda bug‘doy
boshqasida qum bo‘lishi sening hikmatingdan, foydasiz va keraksiz falsafangdan
yaxshiroqdir.
Dostları ilə paylaş: