Microsoft Word Mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha metodik ishlar


Darslik yoki o’quv qo’llanmalar, tarqatma materiallar bo’yicha fanlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
db132c23-5b75-4382-8f41-9147c912acbd

Darslik yoki o’quv qo’llanmalar, tarqatma materiallar bo’yicha fanlar 
boblari va mavzularini o’rganish, konspekt qilish. 
Faning xususiyati, talabalarning 
bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular 
talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning 
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, 


7
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. 
Т
opshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga ta’alluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, 
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan 
maslahatlar oladilar. 
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada ximoya 
qilinadi. 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa 
shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Bakalavlarga qaysi turdagi 
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. 
Т
opshiriqlar puxta 
o’ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, talabaning 
auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, 
kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak.
 
Darslik yoki o’quv qo’llanmalar, tarqatma materiallar, maxsus yoki ilmiy 
adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar, jurnallar) bo’yicha fanlar bo’limlari va 
mavzulariga bog’liq materiallardan foydalanib referatlar tayyorlash.
Т
alabaga 
qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga 
muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba 
asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, 
uslubiy maqolalar, internetdan olingan malumotlar, elektron kutubxona materiallari 
va x.k.) foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha 
imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga xarakat qiladi. Zarur hollarda 
o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada himoya 
qilinadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin