Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
200
To yigit erdim, qarilarg‘a ko‘p
erdi xidmatim,
Qarig‘an chog‘da yigitlarga og‘irdur suhbatim.
Ne uchun bo‘ldum kichik yoshlig‘lar ichra ko‘p saqil,
Garchi ko‘p zohirdurur sinn kasratidin xiffatim.
Vahki, damdin-damg‘a, mendin yorlarg‘a ijtinob,
Garchi kundin-kunga ortuqtur alarg‘a ulfatim.
Gar taammul aylasam voqi’, muhiqdurlar alar,
Ne uchunkim hech qolmaydur alarg‘a nisbatim.
Mushk chun kofur bo‘ldi — yog‘di o‘t ustiga qor,
Xatti mushkin birla o‘tluq yuzga netsun rag‘batim.
Bog‘ aro sarvi sihi yonida ko‘rdum eski tok,
Bo‘ldi tuz bo‘ylug‘lar ichra xam qadimdin ibratim.
Ey ko‘ngul, tut go‘shae emdi ibodat qilg‘ali,
Qolmoq istar bo‘lsang ellik yilg‘i bo‘lg‘an hurmatim.
Chunki ellik manzil o‘tti umrdin, sokin bo‘lay,
Ne uchunkim emdi yo‘q sur’at qilurg‘a quvvatim.
Nettim
ellik yilda juz isyonki, emdi netkamen,
Yona ellik yilg‘acha tuttumki, bo‘lsa muhlatim.
Lutf etib, yo rabki, imon boylig‘i qilg‘il nasib
Kim, halok etmish amal muflislig‘idin xijlatim.
Ey Navoiy, g‘am yemakim, bahri g‘ufron ursa mavj,
Tengri lutfidin ne mumkin juz ummidi rahmatim.
394
Ne ajab qon yig‘lasam
ahli zamondin dam-badam
Kim, alardin g‘am uza g‘amdur, alam uzra alam.
So‘z demak bo‘lmas alarning zulmi yoxud lutfidin,
Chunki ul ko‘ptin dog‘i ko‘ptur, bu kamdin dog‘i kam.
Charx go‘yokim chekar mehnat yuki davr ahlidin
Kim, bori jismida anjumdin ter o‘lmish, qaddi xam.
Lavhai xilqatlarida yo‘q magar harfi jafo,
Safhai xotirlarida yo‘q magar naqshi sitam.
Soyiri ifrod ishi bu bo‘lsa,
ulkim fard erur,
Barcha eldin husn aro ozdur anga yuz muncha ham.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: