Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
Jamoling ko‘zgusi chun elga ro‘baro‘ bo‘lur har dam,
Ne tong gar ko‘zgu aksidek zamone yo‘qtur oromim. 
Xusho Majnunki, ma’nusi edi boshig‘a qo‘ng‘an qush,
Junun toshi yog‘ardin boshima ul ham emas romim. 
Mangakim, hajri za’fidin nafas ma’lum emas kelmak,
Ne imkon bas yetishmak ul Masihodamg‘a payg‘omim. 
Firoqim kechasi bas muhlik o‘lmish, gar sahar bo‘lmas,
Nafas urmoqqa go‘yo subhini qo‘ymas qora shomim. 
Aningdek tashnamen, ey mug‘bachakim, qo‘sh tutar bo‘lsang,
Falakning huqqasin bo‘l ikki, to bo‘lsun iki jomim. 
Baho bu benavodin gar qabul aylar esang, bordur,
Biriga javhari jonim, biriga naqdi islomim. 
Harom ettim Navoiy, dunyoyu uqbo tamannospn,
Nedinkim Ka’bai ko‘yi sari bog‘landi ehromim. 
403
Jafo ham qilmading — ko‘z har necha husnungg‘a oldurdum, 
Qiyo ham boqmading — har nechakim, ollingda telmurdum. 
Vasiyat qildi qabri boshida Farhod ila Majnun,
Junun sahrosida ul toshlarkim, ko‘ksuma urdum. 
Yaralar anjum o‘ldi, qon shafaq ul oy firoqida,
Xadangi ohkim, o‘tgan kecha gardung‘a yog‘durdum. 
Firoqim shomi andin tiyradurkim, dudi anjumni,
Qora qilmish tuganlardinki, hijroningda kuydurdum. 
Labing yodi chekib jon rishtasin, soldi yana tang‘a,
Ko‘zung bedodidin jonni necha og‘zimg‘a yetkurdum. 
Jununum shu’lasin afzunroq etti ul pariy otqon
Ne o‘qkim, hajri tug‘yoni aro ko‘ksumga sindurdum. 
Ajal bedodidin xoki tanim, yuz shukrkim, tindi
Ki, hijron o‘rtagan jonimni jononimg‘a topshurdum. 
Qazog‘a rozi o‘lkim, g‘ussa vaqti qilmadi sude,
Necha kavkabni mujrim qildimu gardunni yozg‘urdum. 
Xumorimdin sadoyu sarzanish zuhd ahlidin har dam,
Chiqib mayxonadin, muncha balo boshimg‘a kelturdum. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
Havolam qilsa piri dayr but yo mug‘bacha zunnor, 
Ne chora, chun qo‘yib masjid, fano dayrig‘a yuz urdum. 
Navoiydek yorug‘luq ul zamon topdimki, o‘zlukni
Fano o‘tig‘a o‘rtab, kulni dog‘i ko‘kka sovurdum. 
404
Bahori vaslda o‘rtandi rashkdin jonim,
Xayol qilki, ne bo‘lg‘ay xazoni hijronim. 
Tanim tugonlariga marham, ey rafiq, ne sud,
Erur ko‘ngulda chu yuz muncha dog‘i pinhonim. 
Ne nav’ deyki, buzug‘ ko‘nglum ichra gah-gah kel,
To‘kar chu gardi fano lahza-lahza vayronim. 
Jununum emgagidin gar toriqting, ey nosih,
Salomat o‘l senu shahring, menu biyobonim. 
Kamoli za’f ko‘rungkim, yetar necha yerda,
Ko‘nguldin og‘zima yetkuncha xayli afg‘onim. 
Salomat ahli, tutung dinu ofiyatqa azo
Ki, mastu arbadajo‘ chiqti nomusulmonim. 
Qadah quyoshi bila, soqiyo, munavvar qil,
Ki, g‘amdin asru erur tiyra kunji ahzonim. 
Zamon elida vafo yo‘q, agarchi jon bersang,
Bas o‘ldi ersa vafosiz, ne ayb, jononim. 
Deding, firoqida sabr ayla toki mumkindur,
Navoiyo, dema bu so‘znikim, yo‘q imkonim. 
405
Bo‘ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin tanim,
G‘ussa charxi bu tanimdur, anjumi ul ravzanim. 
Aylamish zulfung xayoli ro‘zgorimni qora,
Oh dudidin qorarmaydur maqomu maskanim. 
Har taraf ul sho‘x tosh urmish, yarolar qonidin
Kim, quruq jismim uza bo‘lmish teri pirahanim. 
Dema, jon bermak fanin o‘rgan, dog‘i vaslimni tep,
Sen visoling fikrin etkilkim, erur ul xud fanim. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin