Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
Nishon, eykim, tilarsen aqldin mundoq ishonlarni,
Nishon kim aytqay, aql o‘lsa benomu nishon anda. 
Topib maqsud shabgardi samoviy bu urujidin,
Yeridin zarra borib, qaytibon xurshidson anda. 
Ilohiy, ul shafi’ o‘lg‘anda el jurminki, afv etkung,
Navoiyni dog‘i novmid qilma nogahon anda. 
BYe HARFINING BALOLARINING BIDOYaTI «FAVOYID»DIN 
40
Sochsa anjumdin falak boshingg‘a yuz ming durri nob,
Jolai g‘am, bilki, yog‘durg‘ay bir ofatlig‘ sahob. 
Ne g‘araz bu jolani yog‘dursa andin o‘zgakim, 
Umr naxlin sindurub tan kulbasin qilg‘ay xarob, 
Ro‘zi ortuq bo‘lmag‘in har kimki bilgay charxdin,
Zol yanglig‘durki, roziq charxini qilg‘ay xitob. 
Ofarinish bahridin gardun hubobe besh emas,
Bormu imkon kimsaga bir qatra su bermak hubob 
Bo‘lsa erdi qudratekim lahzae tutg‘ay qaror,
Tunu kun tinmay bu nav’ etkaymu erdi nztirob. 
Ul dog‘i o‘z holig‘a hayron erur andoqki men,
Anda ham sargashtalik andoqki, menda pechu tob. 
Jismi aning ham havodis zarbasidin nilgun,
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob. 
Qudrat ilgida bo‘lub ul ham zabun andoqki men,
Olmay ul mendin hisob, andoqki men andin hisob. 
Ey Navoiy, solik ersang, haq vujudin bil vujud, 
Mosivollohni — adam. Vallohu a’lam bissavob. 
41
Uyg‘otur subhi bahor elni fig‘on birla sahob
Kim, sabuhiy chog‘idur — mast bo‘lung, ey ashob. 
Barq har dam choqilib ishnagach-o‘q tiyra bo‘lur,
Ya’ni o‘sh mundin oling umr charog‘ig‘a hisob. 
Yog‘in ahvolinga yig‘larki, ko‘z och uyqudin 
Kim, erur sayli mamarri bu ko‘han dayri xarob. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Yel esib tiyr chekar, ohki, bo‘lma g‘ofil
Kim, bu yanglig‘durur ayyomi hayotingg‘a shitob. 
Barcha tanbih angadurkim, qo‘pu chek jomi sabuh,
Hayfdur buki, o‘tar uyqu bila subhi shabob. 
Ko‘z yumub ochqucha tong otmishu chiqmish xurshid,
Tun erur pardayu mushkin bila holingg‘a hijob. 
Bir dam ahbob bila bazmi sabuhiy tuzubon
Chekingiz, damni g‘animat bilibon, bodai nob. 
Hoyu-huy aylabon o‘zni nafase xush tutkim,
«Hay» degancha ne sen o‘lg‘ung oroda, ne ahbob. 
Bu navo kimga nasib o‘lsa, Navoiy yanglig‘,
Bu g‘azal birla ichib bo‘lsa kerak masti xarob. 
42
Bu ko‘han dayrda xushtur necha kun bodai nob,
Xossa bir mug‘bacha ishqida kishi bo‘lsa xarob. 
Zolime, qotile, yag‘moe, torojgare 
Kim, bo‘lub kufridin, ofoq aro din ahli yabob. 
Rishtai jonni tugub, zulfidin ochqanda girix,
Pardadarliklar etib, yuziga yopqanda niqob. 
Ko‘yi ul dayrki din ahlini aylab kofir,
Qoshi ul dayrda bu kufr eliga mehrob. 
Buyla ofat g‘amidin goh kishi ko‘nglida o‘t,
Andoq o‘t shu’lasidin goh birav jismida tob. 
Nogahon mast chiqib dayrdin, ilgida qadah,
Ichibon oshiqi zorig‘a ichursa mayi nob. 
Hashrg‘a tegru ayilsa bu may ichkan ozdur,
Ming tamug‘ yolinicha o‘tda ekan bo‘lsa azob. 
Dayrda butni kishi topsa, netar jannatu hur,
Ul qadah ollida kavsar mayig‘a xud ne hisob. 
Buyla bir aysh Navoiyg‘a talofiy aylar,
Charxdin tortsa yuz qarn jafo birla itob. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin