Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Iki ruxsoring erur xo‘bu xatting ham marg‘ub,
Xo‘blardin neki bosh ursa, erur beshak xo‘b.
Toki sevdim seni, javringni dog‘i sevmishmen,
Har
ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.
Rishtai jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.
Xasta dillarg‘a ne jon olg‘uchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi, ko‘rgach ani ahli qulub.
To labing volahi bo‘ldum,
tilamon obi hayot,
Suni naylar kishikim, bodag‘a bo‘lg‘ay mag‘lub.
Ahli ishq ichra manga yoqma vara’ tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahlig‘a bizni ma’yub.
Istasang mulki baqo, salb qil o‘zlukni
burun
Ki, suluk ichra fano ahlig‘a budur uslub.
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.
44
O‘rtasa ishq meni, so‘rma sabab:
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur o‘tu su aro,
Chun mayoluda bo‘lur ul iki lab.
Ayog‘ing tufrog‘in o‘psam basdur,
Ber ayog‘ingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu g‘aminga o‘rgandim
Kim, unut bo‘ldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor ko‘ngul
ranji ne tong,
Xastag‘a ko‘prak o‘lur kecha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qo‘pqay,
Tufrog‘i ustiga sursang markab.
45
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Qilg‘ali may bila gulgul yuzin ul no‘shinlab,
Lolagun bo‘ldi quyosh orazi kavkab-kavkab.
Sendin ul kom xayol etmamisham, ko‘nglumakim,
Qilsam izhor ham o‘lg‘ay demaki, tarki adab.
Jon labing oshiqiyu zikri mudom og‘zimda,
Rashkdin jonim agar og‘zima kelsa, ne ajab.
Keldi
Shirin bila Layli sanga hayron, garchi
Bu ikav hasratida erdi Ajam birla Arab.
Ayladim tavba nedinkim, g‘amim andoq g‘am emas
Ki, may ichkan bila bo‘lg‘ay manga har lahza tarab.
Ko‘yidin ketmaku o‘lmak manga teng bo‘lsa, ne tong
Kim, jalo harflaridurki, ajal topti laqab.
Dahr
aro ayshu nashot istasang, o‘lg‘ung mahrum,
Negakim, anda nasib o‘lmadi juz ranju taab.
Aqlkim, barcha xirad ahlig‘a erdi ustod,
Bo‘ldi ishq abjadi ta’limida tifli maktab.
Bil Navoiyki, talab birla topilmas maqsud,
Lek topqanda dog‘i bor edi albatta talab.
46
Qachon
maktabda ul mohi muaddab
Borur, o‘zdin borurlar ahli maktab.
Bo‘lur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.
Degach abjad, boshig‘a evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya’ni jadu ab.
Nechukkim
maktab atfoli xurushi,
G‘amidin xalq aro faryodu yo rab.
Muallim qullug‘ig‘a xat berurmen,
Gar ozod o‘lsa ul sarvi shakarlab.
Dabistoni fanoda shurb darsin
Ravon qilmay, emassen ahli mashrab.
Navoiy ashkidin to shom anjum
To‘kar, chiqqaymu deb ul sa’d kavkab.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: