Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

51


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Vah, netib ishqin nihon asrarg‘a bo‘lg‘ay murtakib,
Xasta ko‘nglumkim, bo‘lur otin eshitkach, muztarib. 
Dahr aro shahliqqa o‘z holimni nisbat aylamon,
Ko‘yida tokim gadoliqqa bo‘lubmen muntasib. 
Ko‘nglum o‘tg‘a tushkali ko‘rmas yuzumni, turfadur
Shu’ladin ozurda oltun lam’asidin mujtanib. 
Itti kunglum, shodmen, tong yo‘q kishi gar bo‘lsa shod,
Tushsa yonidin judo qalbi mizoji munqalib. 
Kechayu kunduz xarobot ichra andoq mastmen 
Kim, qocharlar arbadamdin shahna birla muhtasib. 
Xonaqah shayxidin etkanlar riyo oyini kasb,
Dayr piridin bo‘lung rasmi fanoga muktasib. 
Ey Navoiy, bo‘lsam ul badmehr ishqidin xalos,
Bo‘lmayin husn ahlining mehrig‘a hargiz murtakib. 
52
Buzdi ko‘nglum kishvarin hijron g‘ami tug‘yon qilib, 
Ohu ashkimdin birin sarsar, birin to‘fon qilib. 
Dard uyin qildi bino, ishqing buzub ko‘nglum uyin,
Kimsa yanglig‘kim, bir uy tuzgay, birin vayron qilib. 
Tanda ohing shu’lasin, derlar, nihon tut, ohkim,
Bir ovuch xoshok aro bo‘lmas choqin pinhon qilib. 
Hajr ko‘yida yalang jismimni ko‘rgan sog‘inur
Kim, meni o‘lturgali eltur junun, uryon qilib. 
Xorlar ko‘nglumdadur sendinki, gardun tuzmagay,
Har birin otsam, bir ohim o‘qig‘a paykon qilib. 
So‘rma nevchun bedil o‘ldung deb, o‘zung chun hajr aro
Ko‘zdin oqizding ko‘ngulni, qatra-qatra qon qilib. 
Shukrini ne deb ado aylayki, aylar jilva yor,
Elni holimg‘a, meni o‘z husnig‘a hayron qilib. 
Dahr elidin juz jafo mumkin emas topmoq kishi,
Lek har birga vafolar onchakim imkon qilib. 
Yor ko‘p qilsa jafo, kam qil, Navoiy, nolakim,
Gulga bulbul o‘rgata olmas vafo, afg‘on qilib. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin