Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
282
Muloyamat yana ko‘p qilma ul dadaklar ila.
Navoiy o‘lsa, xalos aylay olmag‘ay oshiq,
Jamol ahli anga va’da aylamaklar ila.
553
Bir kichik yoshlig‘ nigore topmisham nozukkina,
Sekreturda tavsanin maydon aro chobukkina.
Gah vafo, gah nozu gah afsun bila o‘zginasin,
Ko‘rguzub har lahza dilbarlig‘da bir turlukkina.
Javr ila tahdidi bedillarg‘a bori ching‘ina,
Mehr ila har va’dakim, qildi bori o‘trukkina.
Osru yolg‘on va’dasidin kuymish erdi jong‘inam,
Ongdibon bir kecha tushti ilgima usrukkina.
Istadim bo‘ynin quchib, yuzginasidin o‘pkamen,
Iztirob aylab talashti, bor emish kuchlukkina.
Yuz o‘parga qo‘ymadi, ilgin dedim bori o‘pay,
Tashlabon yumruqqina, qildi ko‘zumni ko‘kkina.
Har ne deding bor edi yolg‘ong‘ina boshtin ayoq,
Ey Navoiy, muncha yolg‘on degucha bo‘l shukkina.
554
Ul yashil to‘nluq pariyvash la’li
shakkarbor ila,
Ruh to‘tisin qilibtur munfail guftor ila.
Garchi ahzar to‘n bila bog‘i latofat sarvidur,
Lek hayron aylamish yuz sarvni raftor ila.
Gar so‘kuldi ul etak, kirpik bila tiksa bo‘lur
Kim, erur gul xil’atin tikmak munosib xor ila.
Angla axzar sham’u sarig‘ bo‘rki, aning shu’lasi,
Tiyra kulbamnn yorutsa, koshki, ruxsor ila.
Naxli qaddurmu yashil to‘n ichra,
yoxud naxli mum,
Bog‘lag‘an sun’ ilgi yuz ming san’atu hanjor ila.
Soqiyo, jomi zumurradgun aro quy la’li may
Kim, erur shingarf behad xushnamo zangor ila.
To bo‘lay la’lu zumurrad orzusidin xalos,
Tortibon ani Navoiydek navoe zor ila.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: