Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
309
Qilsalar nogah nazar ul husni ro‘zafzun sari.
Charx davrida ko‘rungandek
shafaq ichra quyosh,
Tushti aksing jom aro, boqsang mayi gulgun sari.
Mehnatimdin tog‘ni homun ko‘rgasen — homunni tog‘,
Gar meni istarga kelsang tog‘ ila homun sari.
Boda ichkim, gar desang o‘zni mukaddar qilmayin,
Solma ko‘z dunlar sari, andoqki charxi dun sari.
Sarvni netsun Navoiy bor ekanda qomating,
Bo‘lsa mavzun, boqmag‘ay tab’ ahli nomavzun sari.
607
Xomai mushkin
raqam birla meni yor istadi,
Tinmayin nettimki, hajridin meni zor, istadi.
Ne jafo erdiki, marham vaslidin qo‘ymay hanuz,
Hajr tig‘in yog‘durub, ko‘nglumni afgor istadi.
Garchi
kunduz osti, lekin o‘rtadi hijron tuni,
Sham’idin holimni ul mahvash namudor istadi.
Zulfi domin hajr shomidek yozib ofoq aro,
Go‘yiyo olam eli ko‘nglin giriftor istadi.
Husng‘a chun yo‘q vafoe juz nadomat ko‘rmadi,
Bevafoekim, vafo ahlig‘a ozor istadi.
Tut fano vayronikim, aksi yuzin qildi sarig‘,
Mun’imekim, qasrn devorini zarkor istadi.
Ey Navoiy, xo‘yi bekaslikka qilkim, topmadi
Qaysi bekaskim,
kezib olamni, bir yor istadi.
608
Xushtur ichmak yor yodi birla ishrat jomini,
Xossakim, qosid keturgay yorning payg‘omini.
Ruq’asi jismimg‘a jon berdi, qora ichra magar
Obi
hayvon tomizib, chekmish xati arqomini.
Safhai gulgun uza yozib xati mushkin tiroz,
Yod berdi xatti mushkinu ruxi gulfomini.
Ram yegan ko‘nglum qushin tutmoqqa go‘yo safhada,
Nuqtayu xat birla sochib dona, yoymish domini.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: