Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
311
Tig‘ ila ko‘ksumni yorsang, shu’lai ohim ne tong,
Chun yolin ortar, kishi chok etsa axgar ko‘nglini.
Netti sog‘ardek safo bersa mening ko‘nglumga ham,
Ulki, sofiy may bila sof etti sog‘ar ko‘nglini.
Ey mug‘anniy bir navoe dilkusho tuzgilki, chang
Rishtai nag‘mangg‘a bog‘labtur sarosar ko‘nglini.
Ey Navoiy, g‘unchani
dam birla ochqandek qilur,
Xalq pandi sen kebi mahzuni abtar ko‘nglini.
611
O‘pmak istar chog‘da la’li jonfizosin tishladi,
Qo‘l zanaxdonig‘a chun so‘ndum — yaqosin tishladi.
Tish bila munglug‘ ko‘nguldin muddai chekti o‘qin,
Rost it yanglig‘ki, soyilning asosin tishladi.
Darddin bag‘rig‘a zori dam-badam berkitti tish,
Qut uchun bemor yanglig‘kim, g‘izosin tishladi.
Ko‘rdi chun Layli yuzinda nil qildi nilgun,
Baski, Majnun jismi zori mubtalosin tishladi.
Dunki, majruh etti o‘z
yorin xushunat birla bor,
Itki, nomardumlug‘idin oshnosin tishladi.
Og‘zi qillik shisha bazm ichra ushatqach muhtasib,
Qozi ani ko‘rdiyu qaytib mahosin tishladi.
Ey Navoiy, o‘lsa o‘ldummu degay ulkim ichib,
Yor elidin jomu la’li jonfizosin tishladi.
612
Dayr ko‘yida bugun asru alolo erdi,
Chun yetishtim yugurub, turfa tamosho erdi.
Piri dayr o‘lturubon
sarxushu ollida aning,
May tag‘ori to‘la ul nav’iki, daryo erdi.
Yer tutub bir yonida mug‘bachai bodafurush
Kim, ishi dinu xirad mulkiga yag‘mo erdi.
Yana bir yonida ul mug‘bachaning zulfi kebi,
Ukulub rishtai zunnoru chalipo erdi.
Dayr ayvoni bila gunbadi rif’at yuzidin,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: