Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
341
Vasling iqbolini taqvo yo‘lidin
Tiladim, tutmadi ul chunki vujud.
Muni bilgach, yetibon mug‘bacha mast,
Boda tuttiyu bu erdi maqsud.
Chun shuhud o‘ldi muyassar maydin,
Yor ham shohid edi, ham mashhud.
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast!
IV
Menki, mug‘ dayri aro erdim shod,
Xotirim dag‘dag‘alardin ozod.
Dayr piri karamidin xushnud,
Mug‘bacha ishvalarig‘a mu’tod.
Kim, sanga bu kelishu ketmakdin
Ayshu ishrat xud emas erdi murod.
Sayr bo‘ldi bari olamda ishim,
Ayog‘im ostida tay bo‘ldi bilod.
Har tariq ahli sari yuz qo‘ydum,
Bas, parishonvashu oshufta nihod.
Oqibat buyla parishonlig‘da,
May bila mug‘bachani aylab yod.
Bu tana’umlar aro xotirima
Tushti andishai mabda’yu muod.
Ma’rifat erdi g‘araz xilqatinga,
Manga ko‘nglum bu so‘z etkach irshod.
Kimgakim, hol dedim, bor ermish
Anga ham ushbu alamdin faryod.
Har necha sa’yni ko‘praq qildim,
Topmadi hech ishim oyini kushod.
Yana mug‘ dayrig‘a kirdim sarmast,
May tut, ey mug‘bachai bodaparast!
Dostları ilə paylaş: