Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Mahalli muhlik o‘lub shomi furqatim, baskim,
Nachukki, sunbuli zulfung qoraribu uzalib.
Ko‘ngul halok erur g‘amzang o‘qlari birla,
Nachukki sayd yiqilg‘ay, xadanglar qadalib.
Qarib ne holg‘a qoldimki,
yor qilmas rahm,
Nachukki tifl kebi zor yng‘lasam, inalib.
Visol bog‘ini so‘rmangki, men ne bilgaymen,
Firoq mulkida zindoni hajr aro qobalib.
Ne sho‘xdurki, surar tund markabin, boqmay
Ki, bedili yiqilur, lahza-lahza bag‘ri tolib.
Alarki
chiqdilar eldin, qutildilar g‘amdin,
Kim ul arog‘a qolib, men kebi balog‘a qolib.
Nechaki qovsa Navoiyni itlaring har dam,
Chu g‘ofil aylab alarni, o‘zin arog‘a solib.
Dostları ilə paylaş: