Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
352
To abad hashmatidin topsun kom,
Mulki islomda ahli islom.
VI
Soqiyo,
jomi labo-lab tutqil,
Adab asrayu muaddab tutqil.
Bodaekim, necha yetkursa tarab,
Ortqay tab’ig‘a ta’zimu adab.
To boqib Marv sari bosh urayin,
Boshni ko‘k manzaridin oshurayin.
Sanjari mulkiga bo‘lg‘an voris,
Sanjari soniyu balkim solis.
Yodi birla tutay o‘zni bir dam,
Bu g‘amobod jahonda xurram.
Shohi Abulmuhsin,
farrux diydor,
Umr ila davlatidin barxurdor.
VII
Soqiyo, bodai gulfom ketur,
Mayi gulrang solib, jom ketur.
Bodakim, ruh dedi ani hakim,
Ruh quti atadi tab’i salim.
Xovaron
lolasidek oltun jom
Kim, anga tushsa bu rohi gulfom.
Hay’at ichra guli ra’no bo‘lg‘ay,
Ichsa Shahzoda, muhayyo bo‘lg‘ay.
Jomi to hashr labo-lab bo‘lsun,
Necha sipqarsa, yana ham to‘lsun.
VIII
Soqiyo, tut qadahi shavqangez,
Su kebi sofiyu o‘t yanglig‘ tez.
Suyi
kavsar suyidek jon afruz,
O‘ti do‘zax yolinidek purso‘z.
To ichib, arbada bobin ochayin,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
353
Hayrmand arig‘idek kaf sochayin.
No‘sh etay charxning imdodi bila,
Nimro‘z ahli shahi yodi bila.
Ta’big‘a barcha nihonlar ma’lum,
Garchi may no‘sh va lekin ma’sum.
Kishvari Zobil anga arzoni,
Rustami Zol taqi darboni.
IX
Soqiyo, jomi hiloli tutqil,
Boda xurshid misoli tutqil.
Lavn anga la’li Badaxshon yanglig‘,
Lam’ai xurshidi duraxshon yanglig.
Qatrasi axtari raxshanda kebi,
Chun tomib barqi duraxshonda kebi.
Ham o‘shul
jomi hiloli bila tut,
Boxtar shohi xayoli bila tut.
Aqli har ishta raso, tab’i salim
Kim, erur naqdi Husayn Ibrohim.
Mulk aning adlidin o‘lsun bo‘ston,
Bar hadi kishvarining Hindiston.
X
Soqiyo, tut mayi farxunda asar,
Farrux oyin qilib oltun sog‘ar.
Ani ichkan kishi tark aylab hush,
Nukta surgay, nechakim bo‘lsa xamu
Kamsuxan elni suxanvar qilg‘ay,
Har so‘zin uylaki, gavhar qilg‘ay.
Ichsa, bo‘lg‘ay
shahi farxunda maosh
Ilgi zarposhu tili gavharposh.
Komi andoqki, keraktur hosil,
Shoh iqbolidin o‘lsun yuz yil.
Dostları ilə paylaş: