Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
358
Soqiyo, may tutu qo‘yg‘il so‘zni,
Xon qurultoyig‘a yetkur o‘zni.
Sof may jom aro gar dilkashdur,
To‘stug‘on ichra qimiz ham xushdur.
Ey yirov, sen ham ishingni ko‘rguz,
Yoto‘g‘on birla ulug‘ yirni tuz.
Yoto‘g‘onchiyu yirov tuzgach un,
Sen qadah olu to‘quz qotla yukun.
To‘ra birla bosh urub tut xong‘a,
Sarqutin ber meni besomong‘a.
O‘zni
ul sarqut ila mast qilay,
So‘zni xon bazmida payvast qilay.
Kim ayo to‘rt ulusqa voris,
Faxr etib zotinga ruhi Yofas.
Aslu gavhar bila xonlar xoni,
Javhari zot ila jonlar joni.
Shahg‘a mehmonu, azizu dilband,
Ham
qarindosh, yana ham farzand.
Ko‘rki, sen kimsenu qaydin kelasen,
Qaysi mulk ichrasenu kim bilasen.
Hech shah topmadi bir xon sendek,
Bu ulus ko‘rmadi mehmon sendek.
Budur ummidki,
shah davlatidin,
Ehtimomiyu biyik himmatidin.
Ulcha maqsuding erur, yetkaysen,
Komron mulkungga azm etkaysen.
Ota
taxtida topib istiqlol,
Qilg‘asen xasmlaringni pomol.
Lek mehmonga kerak uyla maosh,
Kim agar mulkiga azm aylasa fosh.
Mizbonlarg‘a malolat yetkay,
Xayr birla el ani yod etkay.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
359
Shukrkim, behad erur yaxshilig‘ing,
Andin ortuq dog‘i yaxshi qilig‘ing.
Hojat ermas sanga bu yanglig‘ pand
Kim, sanga pand elidur hojatmand.
Ham bu yanglig‘kn,
shior aylabsen,
Xalqnn xulqungga zor aylabsen.
Tengri qilsun senga tavfiq rafiq,
Ham qilur ishta rafiqing tavfiq.
Shahg‘a sensen chu rafiqi joni,
Bir-biringizga bo‘lung arzoni.
XIX
Soqiyo,
tut qadahi sultoniy,
Ichida rohi aning rayhoniy.
Kim, ani ichsa gadoyi muhtoj,
Bo‘lg‘ay ollida gado sohibi toj.
Masti ollida gar aflok o‘lg‘ay
Past ul naviki, xoshok o‘lg‘ay.
Tut angakim, ishi bo‘ldi tamkin,
Oti sulton, o‘zi darvish oyin.
Himmati rif’ati
aflok sifat,
Nafsining pastlig‘i xok sifat.
Rif’at ahlig‘a zabardast kelib,
Xokvashlar qoshida past kelib.
Chun aning komig‘a yetkay bu qadah,
Nash’asidinki, ayon bo‘lsa farah.
Aytkim, shukrg‘a bo‘lg‘il moyil,
Tengridin bir nafas o‘lma g‘ofil.
Kim, seni faqrg‘a
moyil qildi,
Faqr atvorig‘a qobil qildi.
Shoh darveshvash ersa, shahdur,
Shohu darvesh ishidin ogahdur.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: