Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
363
Soqiyo, jomg‘a quy maydin sayl,
Mayi xurshidu aning jomi Suhayl.
Yo‘q Suhayliki, bo‘yar xoroni,
Ulki gulrang qilur siymoni.
Kim, Suhayli saridur zor ko‘ngul,
Qo‘p tilar suhbatin afgor ko‘ngul.
Topmasam o‘zni
visoli birla,
No‘sh etay ani xayoli birla.
Ochmasam sham’i jamoli bila ko‘z,
Ham xayoli bila aytay necha so‘z.
K-ey jahon xalqi aro zoti nafis,
Zotinga fazlu adab ikki anis.
Durri nazming suyi ul nav’ ravon
Ki, oqib suftidin obi hayvon.
Sensen ulkim, yana yo‘q
sen kebi zot,
Naqdi ma’ni bila farxunda sifot.
Seni qildi falaki gardanda
Dahr aro bir garavi arzanda.
Sen edingkim,
manga damsoz erding,
Har nihon nuktada hamroz erding.
Zulmlarkim, manga bu charxi dani
Qildi, qaydin topay ayturg‘a sani.
Kim biri bu edikim,
soldi yiroq
Seni, bag‘rimg‘a qo‘yub dog‘i firoq.
Manga gar dardu g‘am anbuh o‘ldi,
Qismatim g‘ussayu anduh o‘ldi.
Sen falak mehnatidin shod o‘lg‘il,
Dahr bedodidin ozod o‘lg‘il.
Olami huzn aro bo‘lma g‘amda,
O‘zni xush tut necha kun olamda.
Kimki, nazm ichra guharrez o‘ldi,
Nuktasi mu’jiza angez o‘ldi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
364
Lafzi jonbaxshi nafis anfosi,
Xosiyat anda o‘luk ehyosi.
Sa’diyu
Xusravu Salmonu Kamol
Kim, edi har biri beshibhu misol.
Garchi charx etti barin mutavori,
Sen alar o‘rnidadursen bori.
Qaysining ma’razidakim, kirding,
Jonin olding demayin, jon berding.
Har nekim aylading o‘truda savod,
Aylading har birining ruhin shod.
Shodlig‘
tarkini tutma oxir,
Ham bu g‘amingni unutma oxir.
Kimki kelsa bu taraf, yod ayla,
Tarab oyin so‘z ila shod ayla.
XXIII
Soqiyo,
tut qadahi ruhoso,
Mavj suhoni bila g‘amfarso.
Kim, kishi aylasa ul sari mayl,
Aylagay ruhini soqiyg‘a tufayl.
To tufayli bila majlis qurayin,
Bir necha nukta anga yetkurayin.
Aytay,
ey nazm elida nodir,
Raqaming sihru xayoling sohir.
She’r bahri aro g‘avvosi shigarf,
Durri maknun so‘zidin har bir harf.
Toki surdung varaq uzra xoma,
Nazmga tezdurur hangoma.
Anvariy bo‘lsinu yo Xoqoniy,
Foryobiy yo Isfahoniy.
Chunki so‘z obi hayotin suzdung,
Ruhini barchasining tirguzdung.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: