Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


PYe HARFINING PARIYVAShLARINING PARVOZI «FAVOYID»DIN



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/214
tarix27.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#116296
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

PYe HARFINING PARIYVAShLARINING PARVOZI «FAVOYID»DIN 
67
Bu aqshom holima sham’ o‘rtanib, parvona andin ko‘p,
Chamanda otashin gul, bulbuli devona andin ko‘p. 
Itibmen gard aro, vayronim ichra, baski, boshimg‘a
Falak ko‘p yog‘durur gardi fano, vayrona andin ko‘p. 
Emas anjum, qazo ko‘k mazra’ida sochti g‘am tuxmin,
Vale to‘kti ko‘zum g‘am shomi mundoq dona andin ko‘p. 
Ne mufrit sa’b holim bori hijron ichra kim ko‘rgach,
Topar andin malolat oshno, begona andin ko‘p. 
Ne qottiq hajr erur jonimg‘akim, sayru sukun vaqti
Chaman gashti halok aylar buzug‘ koshona andin ko‘p. 
Agar oshiqlig‘im jurm erdi, o‘ltur, solma hijrong‘a,
Ko‘p o‘lsa jurm xud ermas ravo, jurmona andin ko‘p. 
Fano mayxonasig‘a sol meni, ey rindi orifkim,
G‘amimni o‘ksutur dayri fano, mayxona andin ko‘p. 
Jahonda faqr kasb et, mayl ko‘p qilma g‘ino sari
Ki, mundin oz etibdur orzu farzona andin ko‘p. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Navoiy ohi tun-kun bulbulu parvonani o‘rtar
Ki, ishq o‘tini da’vo qilmag‘aylar yona andin ko‘p. 
68
Nukta ko‘p surdung, zamone la’li jonparvarni yop,
Kuydi jonlar, bir nafas ul la’lgun axgarni yop. 
Qo‘zg‘oding olamni ochib chehra, elga rahm qil,
Shomgun zulf ochib, ul ruxsori mahpaykarni yop. 
Boxtarg‘a solding o‘t, ey oftobi xovari,
Istasangkim boxtar ting‘ay, mahi xovarni yop. 
La’li jonbaxshing sari mayl ettilar jonlar qushi,
Ul chibinlardin amon istar esang, shakkarni yop. 
Fitna soldi olam ahlig‘a qulog‘ing gavhari,
Xalq taskini uchun ul fitnalik axtarni yop. 
Anbaru kofuri shomu subhning bo‘ldi xijil,
Orazing kofuri uzra zulfdin anbarni yop. 
Soqiyo, sovurdi ohim sarsari davron yuzin,
Bodano‘shum, dam-badam kim ichsa may, sog‘arni yop. 
Ishq sirrin kimsa tahrir etmadi, taqrir ham,
Ey mudarris, dema ko‘p afsonayu daftarni yop. 
Ey Navoiy, ko‘nglung o‘ti olam ichra soldi o‘rt,
Elni kuydurdung, dame ul shu’laliq ozarnn yop. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin