Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
374
Avlo uldurki, bu so‘zdin kechsam,
May o‘zum tutsam, o‘zum-o‘q ichsam.
Yo‘q vafo ahliki, bir jomi vafo,
Tutsa, qilmay manga bedodu jafo.
Shomi aysh o‘zni o‘zum
mast qilay,
Subhi mahsharg‘acha bexud yiqilay.
XXX
Soqiyo, do‘stlug‘e ko‘rguzgil,
Do‘stga ne qadahe yetkuzgil.
Kim, kirar do‘stlarim yodimg‘a,
O‘t solur xotiri noshodimg‘a.
Chektilar barcha jamol uzra niqob,
Uylakim, mehr jamolig‘a sahob.
Birisi piri Muammoyi edi
Kim, haram bodiyapaymoyi edi.
Yana biri nag‘mazani
sohibi hol,
Ham aning hamqadami Xoja Kamol.
Mir Sadr o‘zni tutub ahli vifoq,
Lek ko‘p erdi badi’nda nifoq.
Yor Tanbal edi sofu beg‘ash,
Zoti xush, hayoti xush, nuktasi xush.
Yana
bir olimi Sabzoriy edi
Kim, maoniy durri guftori edi.
Har biri o‘z tavrida beshibhu nazir
Bordilar barcha — ne aylay tadbir.
Bo‘layin yodlari birlan mast,
Yana to kimsaga bo‘lmay pobast.
XXXI
Soqiyo, ayla to‘la paymona,
Manga tutqil qadahi shukrona.
Bodakim, shikvani qilg‘ay zoyil,
Tilni haq shukriga etkay qoyil.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: